Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.85K subscribers
7.95K photos
899 videos
11 files
2.27K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

Surxondaryo viloyatida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari, tegishli boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari, nuroniylar, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Kengashni viloyat hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov olib bordi.

Yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov so‘zga chiqib, Muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida respublikada birinchi marta, “Surxondaryo tajribasi” misolida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish hamda sektorning asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Batafsil: https://telegra.ph/Surxondaryo-viloyatida-Manaviyat-va-marifat-kengashining-kengaytirilgan-yigilishi-bolib-otdi-11-24

Bizni kuzatishda davom eting:
www.manaviyat.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
👍1
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

Surxondaryoda “Maʼnaviyat sektori” tashkil etilmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifida respublikada birinchi “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgan edi.

Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mazkur vazifani amalga oshirish, “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etishda “Surxondaryo tajribasi”ni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

❇️ Unda Surxondaryo viloyati hokimi – viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, kengash aʼzolari, boshqarma, tashkilot va korxonalar rahbarlari, nuroniylar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

⚡️ Yig‘ilishda “Maʼnaviyat sektori”ni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar hamda sektorning asosiy vazifalari yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
👍1
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘ida "Ma’naviyat sektori"ni tashkil etish bo‘yicha Surxondaryo tajribasini yaratish yuzasidan ezgu tashabbusni ilgari surdi.

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati, xususan Denov tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Denov tuman prokurori Ilhom Qosimov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayevalar tomonidan Denov tumanidagi 74-sonli umumta’lim maktabi hamda 52-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda “Ma’naviyat sektori” faoliyati muhim ekanligi ta’kidlanib, sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

🌐 @manaviy_markaz
👍1
#Surxondaryo_viloyat
#direktorlar_kengashi

Kengash a'zolari tomonidan umumta'lim maktablari faoliyati o'rganildi

🔰 Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi a'zolari Denov tumanidagi 100,101,106-sonli maktablarga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida: maktabdagi yaratilgan sharoitlar, xususan, ikki til va bitta kasb, kutubxonalar faoliyati, ta'lim sifati, laboratoriya xonalari va maktabdagi obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishildi. Maktab rahbarlari va xodimlariga kerakli maslahatlar berildi.


🌐 Bizni kuzatib boring 👉
@direktorsurxon
1👏1
📖Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanmoqda

⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Denov tumanidagi 17-sonli umumiy o'rta taʼlim maktabining 4-B sinfida "MAHMUDXO'JA BEHBUDIY - O'RTA OSIYO JADIDCHILIK HARAKATINING OTASI" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.


🌎#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

🌐Telegram
▶️You tube
🌐Facebook   Bizni ijtimoiy
🌐Instagram   tarmoqlardan
🌐Web site      kuzating!
👍3🕊1🏆1