Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.84K subscribers
7.95K photos
903 videos
11 files
2.27K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

"Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish va kuzgi ta’til davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
#Denov_tumani
#Seminar_trening

Bugun viloyatimizning barcha tumanlarida maktab direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun kuzgi ta'tilni maroqli va sermazmun o‘tkazish yuzasidan seminarlar tashkil etildi.

Xususan, Denov tumanida o‘tkazilgan seminarda hududda mavjud 110 ta maktab direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etib, kuzgi ta'til mobaynida tashkil etiladigan ishlar yuzasidan fikr almashishdi.

Seminar davomida mas'ullar tomonidan yig‘ilganlarga zarur ma'lumot va ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusidagi aniq vazifalar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube