Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.09K subscribers
8.19K photos
979 videos
18 files
2.41K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
📖Surxondaryo viloyatining hududlarida foydalanishga topshirilgan qator ta'lim muassasalari yangi o‘quv yiliga ta'lim tizimi vakillari uchun munosib tuhfa bo‘ldi

👍Telegram   👍Facebook
👍
Instagram 👍You tube
👍
Twitter       👍Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR VAQTI.

Surxonlik o‘quvchilar MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiada g‘olibi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:

TELEGRAM      Facebook
Instagram       YouTube
Web-site
         Efirni ko'rish
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar

Viloyatda yangi o‘quv yili oldidan 41 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi;
Termiz shahrida muhandislik maktabi faoliyat boshladi;
Vohadagi 97 ta maktab zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Forwarded from Xusniddin Mamadiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 yil avval bildirgan taklifim Parlament tomonidan ma’qullandi

2019-yilda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zosi sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlik uchun saylovoldi dasturimda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini bildirgan edim.

Bugun ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan ma’qullandi.

Bu g‘oyaning qonunchilikka tatbiq etilishi nafaqat mahkumlarning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi, balki jamiyatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish uchun kuchli turtki bo‘ladi.

Ochig‘i, bu yangilikdan juda ham xursand bo‘ldim.

Telegram | Facebook
👍113
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston vaqti bilan | Surxondaryolik o'quvchilar xalqaro olimpiadada mutloq g'olib bo‘ldi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍4
📣 DENOV TUMANIDA DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORLARI ISHTIROKIDA O‘QUV AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI


Joriy ylning 5-sentabr kuni tumandagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassis xodimlari ishtirok etishib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan 2025-yil 29-avgust kuni “Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 323-sonli buyrug‘i mazmun mohiyati bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdi.

Ushbu seminardan asosiy maqsad — pedagoglar ish faoliyatini samarali tashkil etish, ish yuritish jarayonlarini tartibga solish va ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yishdir.


◾️ Bizni kuzatishda davom eting: https://t.iss.one/denov_mmtb

▪️Facebook 
▪️Telegram
▪️Youtube
Forwarded from Mudofaa — LIVE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ Jasorat maktablari – vatanparvar avlod tarbiyasining yangi bosqichi


👉https://t.iss.one/+BsUonMePZtY4OTBi
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi bayram tantanalari munosabati bilan

Denov tumanida – 8-sentabr kuni "Yoshlar sayilgohi"da bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbir mehmoni so'z ustasi Zokir Ochildiyev estrada xonandasi Rustamiy Doston.

Barchani bayram tadbiriga taklif etamiz aziz yurtdoshlar!


Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. 

“Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”, –

dedi davlatimiz rahbari.

O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.

“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur.

Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q!

Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi!”,

– dedi Prezident.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda jalb qilinayotgan investisiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi.

O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.

“E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?”

– dedi Prezident.

Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.

“Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Joriy yil boshidan xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 195 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ularga oshirilgan stavkada jami 10 milliard so‘m, murabbiy o‘qituvchilariga esa 3,5 milliard so‘m pul mukofoti beriladi.

Xorijiy til egalari jalb qilingan 1 mingdan ziyod maktabda til bo‘yicha sertifikat olgan o‘quvchilar soni bir yilda 2,5 barobar ko‘paydi.

“To‘g‘ri, maktabgacha va maktab ta’limida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha ta’limdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi.

Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.

Endilikda maktabgacha va maktab ta’limi hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, ta’limning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda bog‘cha o‘rinlarini qo‘shimcha 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Ularning 82 mingi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tumanlar hokimlari qolgan o‘rinlar nima hisobidan yaratilishini o‘ylamayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, 118 ta bog‘chadagi 255 ta xona ta’mirga muhtoj bo‘lgani uchun bo‘sh turibdi. Yoki joylarda 8 ta bog‘chani qurish va ta’mirlash 2-3 yildan beri cho‘zilmoqda.

Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bog‘cha hali ta’mirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Bo‘stonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bog‘cha qurilishi yakunlanmagan.

Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bog‘chadagi xonalarni ta’mirlab jihozlashga, yana 8 ta bog‘chani to‘liq ishga tushirishga 1-noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda 80 ta tumanda bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi.

Ushbu mexanizmdan unumli foydalanib, bog‘cha o‘rinlarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qashqadaryoning barcha tumanlarida xususiy sektor va chet ellik hamkorlar bilan ikki yil ichida bog‘cha va maktab o‘rni 3 barobar oshgan. Viloyat hokimlariga bu tajribani o‘rganish topshirildi.

Umuman, har bir tumanda bog‘cha qamrovi 80 foizdan kam bo‘lmasligi shartligi belgilandi. Buning uchun viloyat va tuman hokimlari oldiga bo‘sh yerlarni topib, auksionga chiqarish, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda qaysi maktab va bog‘chada bo‘sh joy bo‘lsa, bog‘cha qurish rejasini belgilash vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga bo‘sh yerlarda bog‘cha tashkil etish bo‘yicha xususiy sheriklik yoki sarmoya kiritish sharti bilan uch yillik dastur qabul qilish, yangi xususiy bog‘chalarga subsidiya berish, tarbiyachilar maoshini qisman qoplash tartibini joriy qilish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir yilda 2 mingta ko‘p qavatli uy qurilmoqda, ularning to‘rtdan biri – “Yangi O‘zbekiston” massivlarida.

Bunday massivlarda uylarning birinchi qavatida 100 o‘rinli xususiy bog‘cha ochish bo‘yicha Bektemir va Yangihayot tumanlarida tajriba bor.

Buni barcha tuman va shahar hokimlari o‘z hududida qilishi kerakligi ta’kidlandi.

Endilikda ochiq muloqotda 80 ta tuman uchun aytilgan imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga ham berilishi belgilandi.

Mutasaddilarga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha tashkil qilish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bog‘chalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”,

dedi Prezident.

Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.

Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.

Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.

Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala – maktab ta’limi.

Olis hududlardagi 74 ming o‘quvchi hozirgacha 5-7 kilometr uzoqlikdan maktabga qatnayotgani qayd etildi.

Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlari bu masalani ichiga kirib, mablag‘ini hal qilib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ygan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlari ham bir oyda 100 ta shunday maktabga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan.


Bu qolgan hududlar uchun namuna ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Uch yil ichida iqtidorli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilindi. Lekin 12 ta ixtisoslashgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari haligacha yakunlanmagani qayd etildi.

Tegishli viloyatlar hokimlariga ishlarni yil oxirigacha yakuniga yetkazish topshirig‘i berildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM