Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.
Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat budjetida nazarda tutish topshirildi.
Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.
Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Bog‘cha va maktablardagi 10 dan ziyod xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaydi.
Shu bilan birga, maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga to‘liq o‘tmagan.
Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda o‘quvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bog‘chalarda xodimlar tabeli qog‘ozda yuritilyapti.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi. Keyingi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalardagi barcha xizmatlar to‘liq raqamli formatga o‘tishi shartligi qayd etildi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Shu bilan birga, maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga to‘liq o‘tmagan.
Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda o‘quvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bog‘chalarda xodimlar tabeli qog‘ozda yuritilyapti.
Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi. Keyingi o‘quv yiligacha maktab va bog‘chalardagi barcha xizmatlar to‘liq raqamli formatga o‘tishi shartligi qayd etildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.
Endilikda yosh toifalari bo‘yicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis bo‘lish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson bo‘lib tarbiyalanadi.
Buning ilk qadami sifatida yangi o‘quv yilidan barcha bog‘cha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.
Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik g‘oyasi, Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni o‘zgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.
Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.
Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.

Kuni kecha Prezidentimiz maktabdan tashqari ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qarorni imzoladi.
Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.
“Kelajak” markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qiladi.
Ushbu tizim bilan barcha maktablar qamrab olinishi ta’kidlandi. Har bir o‘rta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchilar o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklarini tashkil qiladi.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari sinf rahbari, maktab psixologi bilan xulq-atvorida salbiy o‘zgarish bo‘lgan o‘quvchilarni ta’lim va oiladagi muammolarini o‘rganib, ularni yengib o‘tishga hamrohlik qiladi.
Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarni maktabdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mas’ul bo‘ladi.
Eng asosiysi, endi maktablarda o‘quvchilarning to‘garaklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erishgan natijalari bo‘yicha “raqamli portfolio”si shakllanib, elektron shahodatnomada ko‘rsatiladi.

❤1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
“Meni tashvishga solayotgan masala – yoshlarimizni kasb-hunarli qilib, doimiy daromad topishi uchun sharoit yaratish. Agar buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysak, mahallada kambag‘al va ishsiz qolmaydi”,
– dedi Prezident.
Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi davomida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi o‘nlab yirik kompaniya rahbarlari bilan 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi shakllantirildi.
Bunday loyihalar uchun texnologiyalar va xitoy tilini yaxshi biladigan minglab kadrlar kerakligi ta’kidlandi. Kasbga o‘rgatishda Xitoy tajribasini joriy etish maqsadida har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi”ni tashkil qilish topshirildi.
Oliygoh, texnikum va maktablarda xitoy tilini o‘qitish maqsadida 100 dan ziyod til egalari va volontyorlar taklif qilinadi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
“Bizda 450 ming o‘quvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat.
Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti.
Bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish yili bo‘ladi”,
– dedi Prezident.
Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart bo‘yicha zamonaviy kasbga o‘qitish muhitini olib kirish vazifasi qo‘yildi.
Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi o‘quv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qo‘shimcha yana 200 ming o‘quvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.
Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinadi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Joriy yildan boshlab oliygohlarda qabul kvotalarini investisiya loyihalarida kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi.
Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Endilikda investor buyurtmasi bilan texnikumlarda ham kadrlar maqsadli tayyorlanadi. Investor so‘roviga asosan texnikumdagi ta’lim dasturlarini 30 foizgacha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Texnikum bilan dual ta’limni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga imtiyozli kredit ajratiladi.
Shu bilan birga, tarmoq uyushmalari o‘zlariga a’zo ish beruvchilarning malaka talablarini tayyorlab bera olmayotgani, oqibatda korxona ham zarar ko‘rayotgani, texnikumlar ham nimani o‘qitishni bilmayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi agentlik bilan birgalikda tarmoqlardagi korxonalar uchun kerakli kasblar kesimida standart va talablarni ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish davomida soha va hududlar mas’ullarining hisobotlari tinglandi, ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot qilindi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

❤2
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Radjabov Sardor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sardor Radjabov 2008-2012-yillarda “Uzdunrobita” MCHJ, “Expert va marketing markazi” MCHJ, “Real consult servise” MCHJda turli vazifalarda, 2012-2015 -yillarda Toshkent shahar hokimligida yetakchi mutaxassis, 2015-2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bosh ekspert, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2023-yillarda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari, 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sardor Radjabovga ta’lim sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Kecha Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilib, hokimlarga qator vazifalar yuklatildi.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 5-sonli maktabda ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, maktab hududidagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi hamda viloyatda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi yuzasidan mas’ullar axborot berdi.
Taqdimotda har bir tuman va shahar kesimida maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari muhokama qilindi. Ayniqsa, kecha videoselektor yig‘ilishida tanqid qilingan hududlarda bog‘chalarning qurilishi va ta’mirlanishi holati yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
Shundan so‘ng, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filialida o‘tgan o‘quv yilida bitiruvchilari oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan 49 ta maktabda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tahlil qilindi. O‘qituvchilar salohiyatini oshirish, ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

👍1