Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
8.12K subscribers
8.16K photos
978 videos
18 files
2.39K links
Ushbu kanal orqali Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishib borasiz.

Denov tuman mudiriga murojaat uchun: https://t.iss.one/denov_murojaat_bot
Download Telegram
TO‘YGA TO‘YONA

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov boshchiligida viloyat bo'ylab yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ijtimoiy obyektlarning onlayn ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Xususan, Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov rahbarligida Denov tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bayram oldidan xalqimizga munosib tuhfa sifatida tumandagi bir qator muhim ijtimoiy obyektlar – maktab, bog‘cha va shifoxonalar yangidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev va tegishli muassasa rahbarlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Shuningdek, aholining qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida mahallalardagi bir necha ko‘chalarda asfalt qoplamasi yotqizilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Endilikda yurtdoshlarimiz obod, tartibli va qulay ko‘chalarda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur ezgu ishlar mustaqilligimizning 34 yillik tantanalari arafasida amalga oshirilgani esa bayram shukuhini yanada oshirdi. Denov ahli bu sa’y-harakatlarni yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga qo‘shilgan ulkan hissa sifatida e’tirof etmoqda.

Joriy yil Denov tumanida jami 193 mlrd. so‘mlik 45 ta obyektda qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi. Shundan 10 ta ijtimoiy soha obyeki uchun 2025-yilda 43,8 mlrd. mablag‘ hisobidan 2 ta maktab, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta sog‘liqni saqlash obyekti rekonstruksiya qilindi. “Tashabbusli byudjet” doirasida 2025-yil 1 mavsumda 11 ta mahallada jami 40,4 km. ichki yo‘llar asfalt qilindi. Mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan 2 ta sog‘liqni saqlash obyekti va 1 ta mahalla binosini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun jami qiymati 42,5 mlr. so‘m bo‘lgan 22 ta obyektni qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish ishlari amalga oshirildi. Bunda 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta maktab, 2 ta sog‘liqni saqlash obyekti, 2 ta qirg‘oq bo‘yini mustahkamlash obyekti hamda 11 ta mahallada jami 40,5 km. ichki yo‘llar asfalt qilinib aholiga qulayliklar yaratildi.


Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Media_tur
TO‘YGA TO‘YONA

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov boshchiligida viloyat bo'ylab yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ijtimoiy obyektlarning onlayn ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Xususan, Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov rahbarligida Denov tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bayram oldidan xalqimizga munosib tuhfa sifatida tumandagi bir qator muhim ijtimoiy obyektlar – maktab, bog‘cha va shifoxonalar yangidan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Bugun jami qiymati 42,5 mlr. so‘m bo‘lgan 22 ta obyektni qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish ishlari amalga oshirildi. Bunda 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta maktab, 2 ta sog‘liqni saqlash obyekti, 2 ta qirg‘oq bo‘yini mustahkamlash obyekti hamda 11 ta mahallada jami 40,5 km. ichki yo‘llar asfalt qilinib aholiga qulayliklar yaratildi.

Mazkur lavhada 30-maktabgacha ta’lim tashkiloti.


Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati

gov.uz/denov

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DENOV TUMANIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARLARI ISHTIROKIDA O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI


📎 Joriy yilning 30-avgust kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.


📎 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida”gi 308-sonli buyrug‘ining ijrosi borasida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi mas’ullarning kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar borasida so‘z yuritildi.


📎 O‘quv-seminar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan soha mas’ullariga tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.


◾️ Bizni kuzatishda davom eting: https://t.iss.one/denov_mmtb

▪️Facebook 
▪️Telegram
▪️Youtube
4👍2🔥1
📖Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 41 ta ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

2025-yil 30-avgust sanasi — Surxondaryo ta’limi uchun tarixiy kun bo‘ldi. Sababi, viloyatning barcha tuman va shaharlari bo‘ylab umumiy hisobda 28 ta umumta’lim maktabi va 13 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy qiyofa kasb etdi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Jumladan,
📍Angor tumani
"Xomkon" MFY: 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi.
19-son maktab ("Yuqori Tallashqon" MFY): 300 o‘rinli qo‘shimcha bino.
38-son maktab ("Kayron" MFY): 300 o‘rinli bino.
43-son maktab ("Bahor" MFY): Sportzal (12x24 m) qurildi.
8-son maktab ("Kayron" MFY): 240 o‘rinli bino.


📍Bandixon tumani
15-son maktab ("Bahoriston" MFY): 240 o‘rinli qo‘shimcha bino.

📍Boysun tumani
"Tuzbozor" MFY: 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 405 o‘rinli holda kapital ta’mirlandi.
4-son maktab ("Chorchinor" MFY): 270 o‘rinli yangi bino + 414 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlandi.


📍Denov tumani
"Dunyotepa" MFY – 32-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
"Minora" MFY – 23-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
"Navnihol" MFY – 8-sonli MTT: 180 o‘rinli bino.


📍Jarqo‘rg‘on tumani
"Paxtazavod" MFY – 3-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
47-son maktab ("Gulhovuz" MFY): 240 o‘rinli qo‘shimcha bino.
31-son maktab ("Qo‘ldovli" MFY): 300 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Muzrabot tumani
"Anorzor" MFY – 7-sonli MTT: 150 o‘rinli bino qurildi.
41-son maktab ("Buyuk Ipak yo‘li" MFY): 310 o‘rinli bino kapital ta’mirlandi.


📍Oltinsoy tumani
"Xidirsho" MFY – 12-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
42-son maktab - "To‘xtamish" MFY: 120 o‘rinli bino.
2-son maktab - “Kumpaykal" MFY: 380 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Qiziriq tumani
"Istiqlol" MFY – 5-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
46-son maktab - "Buyuk Kelajak" MFY: 240 o‘rinli bino.
20-son maktab - "Bog‘bonlar yurti" MFY: 620 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Qumqo‘rg‘on tumani
"Ulug‘bek" MFY – 3-sonli MTT: 140 o‘rinli bino.
4-son maktab - "To‘g‘on" MFY: 240 o‘rinli yangi bino + 420 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.
1-son maktab - "Ulug‘bek" MFY: 330 o‘rinli bino.
59-son maktab - "Cho‘kirli" MFY: 330 o‘rinli bino, 85% bajarilgan.
25-son maktab - "Gultepa" MFY: 360 o‘rinli yangi bino + 510 o‘rinli mavjud bino mukammal ta’mirlandi.


📍Sariosiyo tumani
"Terakzor" MFY – 21-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
9-son maktab - "Yangi hayot" MFY: 570 o‘rinli yangi bino qurilmoqda, 180 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.


📍Sho‘rchi tumani
"Kushon" MFY – 35-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
"Ko‘klam" MFY – 4 va 13-sonli MTTlar: 150 o‘rinli yangi bino sifatida birlashtirildi.

62-son maktab - "Kushon" MFY: 300 o‘rinli bino.
34-son maktab - "Egarchi" MFY: 400 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi, 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilmoqda.


📍Termiz tumani
"Kelajak" MFY – yangi 90 o‘rinli MTT.
"Ayritom" MFY – 11-sonli MTT: 90 o‘rinli bino rekonstruksiya qilindi.


📍Termiz shahar
19-son maktab ("Majnuntol" MFY): 300 o‘rinli bino.


📍Uzun tumani
"Tojikobod" MFY – 20-sonli MTT: 90 o‘rinli bino.
47-son maktab - 150 o‘rinli qo‘shimcha bino.
57-son maktab: 180 o‘rinli bino qurildi.


📍Sherobod tumani
5-son maktabga 360 o‘rinli yangi bino qurildi va 520 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2