Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hurmatli Prezidentimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar va yurtimiz sharafini himoya qilgan ilm-fan yulduzlarini buyuk ajdodlarimizga qiyosladilar.
“Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biz MDH mamlakatlari o‘rtasida kimyodan – ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda – uchinchi, IT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.
Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.
Ukalarim va singillarim, bu katta mas’uliyat ekanligini his etyapsiz, deb o‘ylayman. Davlatimiz, xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlash uchun ilm-fan yo‘lida mehnat qilishdan aslo to‘xtamang!
@hilola_umarova

Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchi yoshlar — vaqt va umrning qadriga yetib yashang. Havoyi ishlar va foydasiz mashg‘ulotlarga berilib, hayotingizni erta yakunlab qo‘ymang.
Hurmatli ota-onalar, voyaga yetmagan, maktabda bilim olishi shart bo‘lgan farzandingizning ko‘chada avtomashina boshqarishiga yo‘l qo‘ymang. Ularni nazoratsiz qoldirmang.
Haydovchilik malakasi va ruxsatnomasi bo‘lmagan farzandingizga avtomashina kalitini berish — nafaqat uning, balki atrofdagilarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yishdir!
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

❤1
Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿 (Dildora Musayeva)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanidagi 41-maktabda yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik amalga oshirildi.
Sinfxonalar ta’mirlanib, bezaklar yangilandi, maktab hovlisi obodonlashtirildi, darslar samarali o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Yangi o‘quv yilini ustozlarimiz – yangi reja va g‘oyalari bilan, o‘quvchilarimiz esa – orzu va intilishlari bilan kutib olishga shay.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar, ta'lim jonkuyarlari!
✨ Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz ravnaq topsin, xalqimiz tinch va baxtli bo‘lsin!
Xojiyev Umid Abloqulovich
Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig‘i

🇺🇿 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
🇺🇿 Mustaqillik — bizning eng ulug‘ bayramimiz, xalqimizning orzu-umidlari, ozodlik va erkinlikka bo‘lgan intilishlarining amaliy samarasidir. Shu qutlug‘ kun tufayli Vatanimizda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot qaror topdi, xalqimiz o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi.
🇺🇿 Mustaqillik yillarida yurtimizda ulkan islohotlar amalga oshirildi, yangi imkoniyatlar eshiklari ochildi. Bugungi kunda ham mamlakatimiz jadal rivojlanib, yangi marralar sari qadam tashlamoqda.
🇺🇿 Ushbu qutlug‘ bayramda barchangizga sog‘lik-salomatlik, xonadonlaringizga baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.
✨ Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Yurtimiz ravnaq topsin, xalqimiz tinch va baxtli bo‘lsin!
Xojiyev Umid Abloqulovich
Denov tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig‘i
👍9❤2
Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿 (Dildora Musayeva)
Viloyatimizning Angor, Muzrabot va Denov tumanlarida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Seminarlarda umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug‘idan kelib chiqib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Yakunda mas’ullarga aniq topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Media_tur
YANGI OʻQUV YILIGA YANGI MAKTAB
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
✅ gov.uz/denov
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
YANGI OʻQUV YILIGA YANGI MAKTAB
Denov tumani hokimligi
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥2
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz ustozlar, qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni yangi o‘quv yilining boshlanishi — bilim va ma’rifat bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yurtimiz kelajagini bunyod etishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda fidokorona mehnat qilayotgan yuz minglab ustoz va murabbiylarimiz esa islohotlar samarasini avvalo o‘z faoliyatlari misolida kuzatib borishmoqda.
Ta’lim — bu jamiyat taraqqiyotining eng asosiy poydevori, millatni yuksak marralarga eltuvchi eng qudratli kuchdir. Maktab va oliy ta’lim dargohlariga ilk qadam qo‘yayotgan har bir o‘quvchi va talabaning ko‘zida biz ertangi kunimizni, xalqimizning buyuk orzu-intilishlarini, Vatanimizning porloq istiqbolini ko‘ramiz.
Shu bois, ta’lim dargohlariga kirib kelayotgan yoshlarimizni ilm va ma’rifat sari yetaklash, ularning qalbida ezgu orzularni uyg‘otish, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘usini mustahkamlash bugun barchamiz uchun sharafli, ayni paytda ulkan mas’uliyatli vazifadir.
Zero, bilim istab kelayotgan farzandlarimiz — bizning kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va ishonchli tayanchidir.
Aziz ta’lim sohasi vakillari!
Sizlarni bugungi bayram — yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan yana bir bor chin yurakdan qutlayman.
Sizlarga mustahkam iroda, yuksak marralarni zabt etishda muvaffaqiyat va omad tilayman.
Bilim va ma’rifat yo‘lida qo‘lga kiritgan har bir yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilaversin!
Hilola Umarova,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
rahbari o‘rinbosari

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!
Sizlarni barchangizni xalqimiz hayotida o‘ziga xos bayramga aylangan — “Bilimlar kuni” bilan chin dildan tabriklayman.
So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida ta’lim sohasiga tubdan yangicha ruh va mazmun kirib kelmoqda.
Bu sa’y-harakatlar, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga sadoqatli, bilimli va yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularning iqtidorini rivojlantirish va nurli kelajagimiz uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekiston g‘oyasining yuragida ham, avvalo, zamon talabiga javob beradigan, sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida o‘rin tutadi. Chunki ilm-ma’rifat taraqqiyot va yuksalishning asosiy garovidir.
Bugun ta’lim maskanlarining ostonasidan ilk bor kirib kelayotgan qariyb 740 ming nafar bolajonlarimizning ko‘zlaridagi porloq umid va ulug‘ orzular nafaqat ularning ota-onalari, yaqinlari, balki barcha ustoz va murabbiylarimizning qalbida ham muxrlanib qoladi. Chunki bilim olishga qadam qo‘ygan har bir farzandimiz — bu yurtimizning ertangi kuni, bizning eng katta suyanchimiz va ishonchimizdir.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarga yana bir bor bugungi kun muborak bo‘lsin deyman. Ilm va ma’rifat dargohida katta zafarlar qozonishingizni, bilim cho‘qqilarini quloch ochib zabt etishingizni tilayman.
E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#Bilimlar_kuni
“Birinchi qo‘ng‘iroq” – yangi o‘quv yiliga qadam
Bugun, yurtimiz bo‘ylab bo‘lgani kabi Denov tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida ham yangi o‘quv yili tantanalari – “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari katta shodu-xurramlik bilan o‘tkazildi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu bayram o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar uchun haqiqiy quvonchga aylandi.
Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov hamda Denov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi boshlig'i Umid Xojiyev mazkur tadbirda ishtirok etib, 77-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Ustoz va murabbiylarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi, yoshlarga bilim olish, ona Vatanga sodiq bo‘lib ulg‘ayish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallash bo‘yicha ezgu tilaklarini bildirdi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Denov tumanida jami 112 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritib, ularda 79 ming 944 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ushbu muassasalarda 6 ming 261 nafardan ziyod pedagog va ustozlar farzandlarimizni ilm-fan, ma’naviyat va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatib, ertangi kun uchun munosib avlodni tarbiyalash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilmoqda.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilar uchun yangi marralar sari dadil qadam tashlash imkonini bersa, ustozlar uchun yuksak mas’uliyat va sharafdir. Shu bois, Denovda ham barcha maktablarda qo‘ng‘iroq jaranglab, darslar yangi ruh va ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.