Dehqonobod tumani hokimligi
5.17K subscribers
36.2K photos
2.36K videos
13 files
6.77K links
Dehqonobod tumani hokimligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali.

Web sayt: https://gov.uz/oz/dehqonobod
Download Telegram
Kadastr xodimlari Dehqonobod tumanidagi 95 foiz yerlarning elektron xaritasini yaratishdi

Dehqonobod tumanining umumiy yer maydoni 395 662 gektarni tashkil etadi.

Davlat kadastrlari palatasi Dehqonobod tuman filiali tomonidan tumanning 375 194 gektar ya'ni 95 foiz yer maydonlari Uzkad tizimida hisobga olindi va davlat ro'yxatidan o’tkazilib, yerlarning elektron xaritasi yaratildi.

Kadastr xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, yer maydonlari haqidagi maʼlumotlar UZKAD tizimi orqali yuritiladi hamda maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Kanalga obuna bo‘ling: 👉t.iss.one/dehqonobodpress
👍12
Siyosiy-ma’rifat soati

⚡️Dehqonobod tuman hokimligi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.iss.one/dehqonobodpress
👍10
Giyohvandlik-inson oldida turgan ulkan muommolardan biridir

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Dehqonobod tuman bo‘linmasi, tuman hokimining til boʻyicha maslahatchi, din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili hamda tuman IIB hamkorlikda tuman Sanitariya Epidamalogik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘limida “Giyohvandlik-inson oldida turgan ulkan muommolardan biridir” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirida so‘z olganlar,
Giyohvandlik dunyo xalqlari va millatlar kelajagiga tahdid solayotgan, og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millatlar genofondining buzilishiga sabab bo‘layotgan illatlardan biridir.

Yoshlarda giyohvandlikka qarshi ongni shakllantirish, jamiyatda yoshlarning umr yoʻli uchun tuzoq boʻlayotgan qator giyohvandlik savdosiga chorlovlar, yigit-qizlarni bu zahri qotilni iste’molchisiga aylantirishga urinishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.iss.one/dehqonobodpress
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз - дунё эътирофида!

Facebook|Instagram|Twitter
👍11👏3🤡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: 🎬 Dehqonobodning viqorli tog‘lari etagidagi olis qishloq hayoti

Kanalga obuna bo‘ling: 👉 t.iss.one/dehqonobodpress
👍5
“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINING TUMAN BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Dehqonobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda RMMM tuman bo‘linmasi hamkorligida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.

Tadbirda iste’dodli qizlarni tanlash va ularning iqtidorini ro'yobga chiqarishda, ijodkor, san’atsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlar safini kengayib borishida mazkur tanlov muhim o'rin tutayotgani qayd etildi.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni bilishi, ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki, iste’dodini bir necha yo‘nalishlarda ko‘rsata olganligini o‘rganish uchun o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan tanlov komissiyasi a’zolari tanishtirib o’tildi.

Shundan so‘ng nomzodlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘z imkoniyatlarini namoyon etishdi. Belgilangan tartibga ko‘ra, yakunda tanlov komissiyasi a’zolari viloyat komissiyasiga eng munosib nomzodlar tavsiya etdi.
👍97