Dehqonobod tumani hokimligi
5.17K subscribers
36.2K photos
2.36K videos
13 files
6.77K links
Dehqonobod tumani hokimligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali.

Web sayt: https://gov.uz/oz/dehqonobod
Download Telegram
Xaribuloq va Kalta qishloqlarida ichimlik suvi muammosi hal etilmoqda

Dehqonobod tumanining
tuman markazidan olisda joylashgan Duob mahallasiga qarashli Xaribuloq va Terakli mahallalarining togʻ etagidagi Kalta qishloqlarida aholi uzoq yillardan buyon ichimlik suvi muammosidan aziyat chekib kelayotgan edi.

Joriy yilning 24-iyun kuni tuman hokimi Sherzod Shokirov mazkur qishloqlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, taklif va ehtiyojlarini bildirgan edilar.
Tuman rahbari o‘z chiqishida aholi murojaatlari e’tiborsiz qolmasligini ta’kidlab, ichimlik suvi masalasi yaqin orada hal etilishini va qishloqlarga sifatli suv yetkazilishini va’da qilgan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Mahalliy budjet hisobidan 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, loyiha ishlab chiqildi. Loyiha doirasida 4 kilometr uzunlikdagi eski suv tarmog‘ini yangilash belgilandi. Qurilish materiallari xarid qilindi va “Qashqadaryo suv ta’minoti” AJ mutaxassislari hamda maxsus texnikalari yordamida qurilish-montaj ishlari boshlab yuborildi.

Bugungi kunda ishlar yakuniy bosqichga kirib kelgan. Tez orada Xaribuloq va Kalta qishloqlarida istiqomat qiluvchi aholi toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
9👏4👌1
Chashmamiron mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Tuman hokimi Sherzod Shokirov mustaqillik mahallasidagi o‘rganish ishlaridan so‘ng, hududdagi muammolarni chuqurroq o‘rganish maqsadida Chashmamiron mahallasiga tashrif buyurdi. U yerda mahalla ahlining murojaatlari diqqat bilan tinglandi va joyida amaliy yechimlarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Aholi vakillari tuman rahbaridan ayniqsa yo‘l ta’miri masalasida yordam so‘radi. Bu borada Sherzod Shokirov tuman hokimligi tomonidan hashar o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. U tashabbus doirasida mahalliy jamoatchilikning faolligi va hamkorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, tuman hokimi Chashmamiron mahallasida tajriba tariqasida amalga oshirilayotgan artezian qudug‘i qazish ishlarini atroflicha ko‘zdan kechirdi. So‘ngra, bir guruh imkoniyati cheklangan va ehtiyojmand oilalarda bo‘lib, fuqarolar holidan xabar oldi.
Tuman hokimligi ushbu tashabbuslar orqali mahalliy aholi bilan yanada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirishni maqsad qilgan.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
👍12👏1
Ehtiyojmand oilalar uchun davlat yordami

💵 Elektr va gaz to‘lovlari og‘irlik qilayotgan ehtiyojmand oilalarga har oylik kompensatsiya va 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam ajratiladi!

🖋 Yangi qo‘llanma tayyorlandi – unda siz:

Kimlar yordam olish huquqiga ega?
Ariza qanday beriladi?
Kompensatsiya miqdori qanday hisoblanadi?
Qanday hollarda yordam berilmaydi?
kabi asosiy savollarga javob topasiz.

💻 Qo‘llanma aholining eng dolzarb savollariga javob berishga, tartib va mexanizmlarni sodda va tushunarli tarzda tushuntirishga qaratilgan.

↗️ Davlat yordamidan foydalaning, xarajatlaringizni yengillashtiring!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64
Dehqonobod tumanida mahalla yettiligi vakillari fuqarolar murojaatlarini oʻrganib, tizimli ishlar olib bormoqda

Dehqonobod tumanida mahallalarda fuqarolar murojaatlarini oʻrganish, ularning muammolarini joyida hal etish borasida mahalla yettiligi vakillari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Gʻoʻroti” mahallasida dam olish kuniga qaramasdan mahalla raisi boshchiligidagi mahalla yettiligi a’zolari aholi holidan xabardor boʻlib, ularni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganmoqda va yechim topishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, ehtiyojmand hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar holati oʻrganilib, ularga zaruriy ko‘mak koʻrsatish choralari koʻrilmoqda.

Bu kabi xayrli tashabbuslar tuman miqyosidagi boshqa mahallalarda ham izchil davom ettirilmoqda. Mahalla yettiligining joylarda faol harakat qilayotgani, aholining dardini eshitib, muammolariga befarq boʻlmayotgani yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy himoya siyosatining amaliy ifodasidir.

Kanalga ulanish:
@Dehqonobodpress
2