Davlat xizmatlari yangiliklari
51.2K subscribers
10.1K photos
930 videos
8 files
8.58K links
Download Telegram
#Muammo_nimada

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati uzaytirildimi?

Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarimiz fikrlarini inobatga olgan holda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 3 oydan 1 yilgacha uzaytirilganligini eslatib oʻtishni lozim deb topdik.

2021-yil 17-noyabrda “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

🔰Unga muvofiq, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtirilishi belgilandi:

● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;

● 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;

● 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;

● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Muammo_nimada

DXA: Sms-xabarnoma adashib kelishi mumkinmi?

Soʻngi vaqtlarda fuqarolarimizdan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali davlat xizmatlariga oid sms-xabarnomalarga oid savollar koʻpaydi. Ushbu masalaga oydinlik kiritamiz.

BATAFSIL

🔗Аloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Muammo_nimada

DXA: Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Asos nima?

So‘nggi kunlarda Davlat xizmatlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali fuqarolarimizdan fo.birdarcha.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishdagi kadastr maʼlumotlarini kiritish bilan bog‘liq savollar ko‘paydi.

Ushbu masalaga aniqlik kiritamiz.

Tizimda o‘zgartirishlar kiritilishiga asos nima?

BATAFSIL

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
👍1
#Muammo_nimada

⚡️“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

So‘ngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi o‘rganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri maʼlumot tarqalganligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Aziz haydovchilar!
Bu maʼlumot mutlaqo o‘rinsiz!

❗️Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.

❗️Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

❗️ Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
👍1