Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

9-iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

❗️Prezident farmoniga muvofiq, 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

🔰 Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat'i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9-iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10-iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11-iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12-iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16-iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Bu_qiziq
#Davlat_xizmatlari_alifbosi

⚡️"Davlat xizmatlari alifbosi" ruknida "F" harfi.

📌FHDY organlarining vazifasi jismoniy shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.

💠Quyidagilar FHDY organlari hisoblanadi:

🔸Tuman va shahar FHDY boʻlimlari, shuningdek Nikoh uylari
🔸Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari FHDY arxivlari.

🔰FHDY boʻlimlari tomonidan 4 ta (tugʻilish, nikoh, ajrim va oʻlimni qayd etish) turdagi harakatlar amalga oshiriladi.

🔸Shuningdek, mazkur dalolatnoma yozuvlarini tiklash va o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritish harakatlarini ham amalga oshiradi.

🔸Nikoh uylari faqat nikohni rasmiylashtiradi.

⚡️Unutmang! fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etildi. Unga koʻra, fuqarolar doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi (propiskasi)dan qatʼiy nazar FHDY sohasidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #litsenziyalash_xizmati

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

📌Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Hududldra #Sayyor_xizmatlar #Tadbirkorlik

🔊Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Qoʻqonda bir kunda 252 nafar tadbirkor roʻyxatdan oʻtdi

Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularga qonuniy shart-sharoitlarni yaratish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda . Davlatimiz rahbari ham iqtisodiyotimizni rivojlantirish yoʻlida tadbikorlikni yanada rivojlantirishga alohida urgʻu bermoqda.

Joriy yilning 14-iyul kunidan boshlab Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi hamda Qoʻqon shahar hokimligi hamkorligida Qoʻqon shahrida joylashgan markaziy bozorlarda, savdo majmualarida hamda jamoat gavjum boʻladigan obyektlarda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar qonuniy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.

Olib borilgan tushuntirish va targʻibot ishlari natijasida bir kunning oʻzida, sayyor tartibda 252 nafar fuqaro tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Buning natijasida, fuqarolarni qonuniy ish bilan taʼminlanishiga, mahalliy byudjega soliq tushumlarini oshishiga, shuningdek qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga zamin yaratildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bu kabi sayyor xizmatlar Qoʻqon shahrining har bir bozorida hafta davomida davom etadi. Qoʻqon shahri misolida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida bu kabi sayyor tartibda, joyiga borgan holda davom ettirilishi koʻzda tutilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmatlar #Yangilik #Bu_muhim

🔊Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat #Infografika

🔊Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi

Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qaroriga (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimini yo‘lga qo‘yildi.

⚡️Hozirda sifatli davlat xizmatini ko‘rsatish maqsadida rasmiy hujjatni imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslarning imzolari va tashkilot muhr izi namunalarini raqamlashtirish bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

❗️ Birinchi bosqichda taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.

💰Taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlar boʻyicha soʻrovnoma toʻldirilib, uni koʻrib chiqish uchun BHMning 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi:

YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

➡️ Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.

☑️ Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

🔰 Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:

rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Hukumat qarori (305-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

🔊 Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmati ishga tushurildi.

💠 Endilikda aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

📃 Daʼvogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi daʼvogar nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa belgilangan shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi.

📌 Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

💸 Daʼvogarning aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸 Daʼvogar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.

🔰 Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

📎 Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YAIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

💻 Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan daʼvogarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda daʼvogarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔊Davlat xizmatlari markazlarida yana bir yangi xizmat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son qaroriga asosan “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish” xizmati ishga tushirildi.

💠Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali koʻrsatiladi.

📌Sertifikati talabgorlarga besh yil amal qilish muddati bilan beriladi.

🔸Shunindek, qarorda talabgorlar 2 turdagi malaka sertifikatidan birini olishlari mumkinligi belgilandi:

📝Endilikda malaka sertifikatini olish uchun faqat soʻrovnoma toʻldirish kifoya va tegishli hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.

🔹I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar uchun 2 bosqichda amalga oshiriladi va test sinovi 90 ta savoldan iborat boʻladi.
🔹II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgor uchun 1 bosqichda amalga oshiriladi va test savollari qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga oladi.

💸Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi.

📎Vakolatli organ tomonidan malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda QR-kod qoʻyilgan malaka sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

❗️ Eslatma!

🛃 Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan media-tur davomida OAV vakillari huquqiy xizmat ko‘rsatish sohasi bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari