Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.83K photos
877 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Markazlarimiz

🔊Paxtaobod tumanida zamonaviy koʻrinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

🏢
Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor berildi.

📌Davlat xizmatlari markazining eski binosida bir kunda 300 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, yangi maskanda bir kunda 1000 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko'rsatish imkoniyati yaratildi.

🔹Batafsil👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #Bu_qiziq

📹 Ma'muriy tartib-taomillarda ishonchning himoya qilinishi prinsipi nima?

Batafsil👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=uuaVt4mk7jc

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Qozog‘istonda

Ayni kunlarda Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya tomonidan Qozog‘iston Respublikasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda Mobil-ID tizimidan foydalanish tajribasi o‘rganilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

🚘Аvtotransport vositalari oynalarining tusini oʼzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

VIDEOQOʻLLANMA👈👈👈

❗️Elektron xizmatlardan foydalanilganda, belgilangan to‘lovning 10% miqdorida chegirma mavjud.

⚡️Eslatma: 1-iyundan Аvtotranspotingizni oynalarining tusini oʼzgartirishga ruxsatnomani olish arzonlashdi. "Tonirovka" uchun faqat onlayn ariza beriladi. DXMga borilmaydi. Ruxsatnoma to`lov amalga oshirilgandan so`ng 2 soat mobaynida chiqadi. To‘lov amalga oshirilmagan (noto‘g‘ri shakllantirilgan) arizalar 1 kundan so‘ng avtomatik ravishda o‘chiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

Eksterritorial tamoyil nima?

Batafsil👇👇👇

https://youtu.be/hgs-bU74z6I

❗️Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❗️ DIQQAT, EʼLON!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi integratsiya platformasi tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
integratsiya platformasi tizimida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet elda doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga Shaxsiy identifikatsiya raqamini berish davlat xizmatidan foydalanish imkoni vaqtinchalik mavjud emas.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

👶🏻FHDY organlari tomonidan 2021-2022-yil 6 oy davomida qayd etilgan tug’ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma’lumotlar

📝2022 yilning 6 oy davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 417 812 ta bolalarning tug’ilish qayd etildi.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 355 taga ko’p.

📝Shular jumlasidan:

🔹2022 yilning 6 oyi davomida 216 216 ta o’g’il bolalarning tug’ilishi qayd etilgan bo’lib, 2021 yilga nisbatan 11 364 taga ko’paygan.

🔹2022 yilning 6 oyi davomida 201 587 ta qiz bolalarning tug’ilishi qayd etilgan bo’lib, 2021 yilga nisbatan 10 985 taga ko’paygan

📝Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

🔊Joriy yilning 4 iyul kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida AQSH fuqarolari Marshall Maer va Ebru Sanning nikoh marosimi bo'lib o'tdi. Ularning nikohi Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan tantanali qayd etildi.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

🔊Adliya vazirligi mas'ullari Italiyada

🇮🇹Ayni kunlarda Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti xodimlari Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Italiya Respublikasining Milan shahrida “Davlat xizmatlarini boshqarish” mavzusida tashkil etilgan treningda ishtirok etmoqdalar.

📌Treningdan asosiy maqsad – Yevropaning ilgʻor davlatlari bilan tajriba almashish, xususan davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda maʼmuriy islohotlarni tadqiq etish boʻyicha faoliyati bilan yaqindan tanishish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatlar

Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan 2022-yilning II-choragida amalga oshirilgan ishlar haqida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🔊Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022-y.) bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

🔰Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

▫️xalqaro toifali sport hakami;
▫️milliy toifali sport hakami;
▫️birinchi toifali sport hakami;
▫️ikkinchi toifali sport hakami;
▫️uchinchi toifali sport hakami;
▫️sport boʻyicha hakam.

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

📋 Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

💰 Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

🗓 Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

❗️Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yengil avtotransportda yoʻlovchi tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi

“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-sentyabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yoʻlga qoʻyiladi.

❗️Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

🔰Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari – 900 ming soʻmga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

🔹bir oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz (90 ming soʻm);
🔹olti oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz (450 ming soʻm);
🔹uch yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz (900 ming soʻm).

Yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1-marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

📌 2022-yil 1-sentyabrdan fuqarolar va yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar oʻrtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.

Bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.

🔘 2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxirigacha:

▫️4 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega transportlarda yoʻlovchi tashish oʻzini oʻzi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
▫️litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Qonunchilikdagi_o'zgarishlar #Bu_muhim

🔊Adliya vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat bilan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

📌Franshizing shartnomasi –
litsenziar litsenziatga haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan va boshqa huquqlardan (tovar belgisi, ixtirolar) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini berish majburiyatini yuklaydigan shartnoma.

💠Qarorga asosan franshizing shartnomalarini Davlat xizmatlari markazlarida saqlanadigan maxsus kitoblarga maʼlumot kiritish orqali roʻyxatga olish, shartnomaning barcha nusxalariga imzo-muhr qoʻyish va 1 nusxasini arxivda saqlash amaliyoti bekor qilindi.

📃Endilikda franshizing shartnomasi boʻyicha taraf shartnomaning 1 ta elektron nusxasini Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etadi va Markaz xodimi uni 1 ish kuni muddatda elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazib, ariza beruvchiga franshizing roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida QR-kodli guvohnoma beradi.

🔰Qaror qabul qilinishi hisobiga roʻyxatdan oʻtkazilgan franshizing shartnomalarining ochiq elektron bazasi shakllanishiga erishiladi, bu esa fuqarolarga har qanday savdo-ishlab chiqarish obyektining franshizing asosida faoliyat yuritishi yoki yuritmasligi haqida asosli maʼlumot olishlariga imkon beradi.

❗️Bu muhim!!!: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat