Davlat xizmatlari yangiliklari
50.5K subscribers
9.87K photos
886 videos
8 files
8.32K links
Download Telegram
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 28-oktabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🔸Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

🔰Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🔸Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

💠Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📃Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📌 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 200 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi qanday?

Hukumatning 341-sonli qarorga asosan, Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza beriladi.

💠O‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

🔹Agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
🔹Nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi (“pdf” yoki “jpg” formatda).
🔹Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIRi, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim;

💠 Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

🔸Transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);
🔸Yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

Arizalarni ko‘rib chiqish muddati 15 ish kuni.
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_qiziq

Masʻuliyati cheklangan jamiyat va xususiy korxona farqi nimada?

📊Yuqoridagi infografika ushbu savolga javob beradi👆

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Milliy toifali sport hakami toifasini olish uchun ariza berish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
-- Davlat xizmatlari markazlari orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰👨‍💼Xizmatdan foydalanuvchilar:

🔹Sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxslar;

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔹
Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda — 300 000 so'm (BHM ning 1 barobari);

🔹YIDXP orqali taqdim etilganda — 270 000 so'm (to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi).

❗️Ma'lumot uchun: Milliy toifali sport hakami” malaka toifasi “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilgan sport musobaqalarida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi chempionati hamda kubok maqomiga ega bo‘lgan sport musobaqalarida hakamlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Bunda “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasi berilganiga kamida 2 yil o‘tgan bo‘lishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Endi nikohni istalgan FHDYda qayd qilish mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔅Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?

❗️Unda buni bilishingiz zarur!

📌Chet ellik mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan "Litsenziya" AT
(license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo'ladi.

💠Ariza.

📌Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

📕chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

📘ma’lumoti, mutaxassisligi;

🧾ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

💸taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

📋migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

💻chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

📃chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

👨‍💼 chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

📚 chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

📖viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Xizmat ko'rsatish muddati: 1️⃣5️⃣ ish kuni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

⚡️Biometrik pasportlaringizni ID-kartaga o'z vaqtida almashtiring

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng pasporti bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

📌Amal qilish muddati o'tgan biometrik pasportning o'z vaqtida ID kartaga almashtirmasligi — ya'ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga binoan pasport tizimi qoidalarini buzish bilan bog‘liq maʻmuriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

💸Bunday huquqbuzarlik BHMning ikkidan bir qismidan - uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

📍Eslatib o'tamiz, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan ichki ishlar organlari yoki tegishli davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❗️Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz

Xususiy notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiman, buning uchun qayerga murojaat qilishim va qanday hujjatlarni taqdim etishim lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 369-son qaroriga muvofiq Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📝Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

🔹Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

🔹Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.

🔸Davlat xizmatini koʻrsatish uchun 150 000 so'm (BHMning 50 %) miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.

🔸YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlovlarning 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma #Bu_muhim

⚡️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

❗️Muhim eslatma: Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010 yilgacha berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

📊Batafsil yuqoridagi infografikada👆👆👆

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

⚡️ "Litsenziya" axborot tizimi orqali "O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — 30 000 (BHMning 10 foizi);

🔸Tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — 60 000 (BHMning 20 foizi);

🔸Xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati15 ish kunida.

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati:

🔅“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda.

❗️Ma'lumot uchun: Ruxsatnomalar joriy yilga belgilangan kvotalar doirasida beriladi.👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

🔊FHDY bo‘limlari ko‘paydi: fuqarolarga qulaylik!

“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (623-son, 28.10.2022 y.) qabul qilindi.

💠Qarorga ko‘ra:

🔹Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari FHDY bo‘limlari etib qayta tashkil etildi. Ushbu nikoh uylari oldin faqat nikohni qayd qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda FHDY bo‘limi sifatida boshqa turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (tug‘ilish, o‘lim, ajrim va b.) bilan ham shug‘ullanadi;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga mavjud shtatlar doirasida FHDY bo‘limlarini tashkil etish va tugatish bo‘yicha qo‘shimcha vakolat berildi;

🔹 FHDY organlarida turli yillarda bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan holatlarda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun gerb yig‘imi undirilmasligi belgilandi;

🔅Shuningdek, qaror bilan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklatildi.

⚡️Respublika bo‘ylab FHDY bo‘limlari soni ortishi navbatlar kamayishi, masofalar qisqarishi, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining ortishiga olib kelishi kutilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?

“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.

▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1148 #Murojaatlar

Adliya vazirligi huzuridagi “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tomonidan 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Elektron raqamli imzo va qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzo bir xil ahamiyatga ega;

Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunarga oʻrgatuvchi “Imkoniyatlar markazi” tashkil etiladi;

2025-yil 1-yanvarga qadar ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji nol stavkada qoʻllaniladi;

Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi;

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi.

Shu va boshqa yangiliklar bilan batafsil tanishing
👉https://www.youtube.com/watch?v=zCpCVsD5IH8&t=7s

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Diqqat eʻlon!!!

📣Endilikda 1148 ishonch telefoni kunu tun xizmatingizda

☎️Xabaringiz bor, Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazining 1148 qisqa raqami orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida soat 09:00 dan 18:00ga qadar huquqiy tushuntirish va maslahatlar berib kelinmoqda edi.

📌Aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida sinov tariqasida 24 soat ishlovchi 1148 ishonch telefoni faoliyati yoʻlga qoʻyildi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).

Tungi paytda (soat 18:00 dan keyingi kuni 08:00 ga qadar) qabul qilib olingan qoʻngʻiroqlarda koʻtarilgan masalalar yozib olinib, 2 kun davomida unda keltirilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan qayta aloqaga chiqilib javob berilishi maʻlum qilinadi.

❗️Maʻlumot uchun: Ishonch telefoni uzluksiz faoliyati joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar tajriba tariqasida ishga tushirildi. Kelgusida ushbu tajriba orqali kutilgan samaradorlikka erishilganda, mazkur amaliyotni davom ettirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qulaylik

⚡️Endilikda ariza natijasini olish uchun markazga qayta borishingiz shart emas!

💠Telefon raqamingizga SMS xabarnoma orqali ariza raqami bilan birga murojatingiz natijasini olish uchun havola hamda tekshirish paroli yuboriladi.

❗️Ushbu havolaga o’tgandan so’ng tekshiruv parolini kiritasiz va ariza javobini yuklab olishingiz mumkin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat