Davlat xizmatlari yangiliklari
51K subscribers
9.96K photos
911 videos
8 files
8.43K links
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchisi faoliyatidagi odob-axloq qoidalari

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Ismni yoki familiyani o‘zgartirish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

2023-yil 1-yanvardan tug‘ilganlik haqida tibbiyot muassasalarida beriladigan QR-kodli ma'lumotnoma gerbli guvohnomaga teng hisoblanadi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida aholiga yaratilayotgan yengilliklar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Ta'kidlanishicha, QR-kodli ma'lumotnomani davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat'iyan taqiqlanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat professional taʼlim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi

“Nodavlat sektorda professional taʼlimni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Hukumat qarori (612-son, 19.10.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

🔹 nodavlat professional taʼlim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng ko‘p muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi;

🔹 nodavlat taʼlim tashkilotlarining professional taʼlim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilgan?

Qonunchilikka ko‘ra, ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, quyidagi qulayliklar mavjud:

🔹ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobardan 2,7 barobarga kamaytirilgan;

🔹Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli;

🔹ariza beruvchi ariza rasmiylashtirish jarayonida belgilangan ma’lumotnomalar va hujjatlar nusxalarini taqdim etmaydi, faqatgina so‘rovnomani to‘ldirishi kifoya;

🔹mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqlini o‘rganib chiqish muddati 14 ish kunidan 7 ish kunga kamaytirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 26-oktabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK_2022

Raqamli hukumat siyosatining asoslari bo’yicha seminar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar namoyishi ICTWEEK 2022 oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirning “Raqamli hukumat siyosatining asoslari” seminarida Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) “Raqamli hukumat siyosatining asoslari” taqdimoti bilan tanishildi. Jumladan, hukumat toʻliq raqamlashtirilishi uchun 6 ta oʻlchov mavjudligi, xususan: raqamli formatda loyihalashtirilgan xizmat, ma’lumotlarga asoslangan davlat sektori, hukumat platforma sifatida, doimiy ochiqlik, foydalanuvchiga ixtisoslashgan, proaktivlik xizmatlar mavzulari keng muhokama qilindi.

Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday hollarda ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi?

❗️Javob:

Hukumatning 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 4-bandiga ko‘ra, quyidagi hollarda ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔸 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔸 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
🔸 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔸 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔸 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔸 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
🔸 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

📌Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali

Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?

❗️Qonunchilikka asosan o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi joriy etilgan.

⚠️E’tibor berish lozimki, bunda bola parvarishlash nafaqasi faqatgina 34 turdagi kasallik bilan og’rigan bolalarni parvarishlayotgan shaxslarga beriladi.

📋To’liq ro’yxat 👈👈👈

Parvarishlash nafaqasi fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Moddiy madaniy meros restavrator-ustalari uchun malaka sertifikatini olish tartibidan xabardormisiz?

📌Buning uchun, yuridik shaxslar yoki restavrator-ustalar (jismoniy shaxslar) quyidagi harakatlarni amalga oshirishlari lozim bo'ladi:

🔹Har yili 20-noyabrgacha DXM yoki YAIDXP orqali murojaat qiladi.
🔹Toʻlov (har bir restavrator-usta uchun BHMning 10 baravari)ni amalga oshiradi.

📝Madaniy meros agentligi quyidagilarni amalga oshiradi:

🔹Har yili 20-dekabrga qadar arizalar asosida tinglovchilar guruhini shakllantiradi.
🔹Malaka oshirish kurslari boshlanishi haqida 5 kun oldin xabardor qiladi.
🔹Tinglovchilar attestatsiyadan oʻtkazilgach 3 ish kunida sertifikatlarni beradi.

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Madaniy meros agentligi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Eshitish va gapirishda nogironligi bor fuqarolar davlat xizmatlaridan qanday foydalandi?

Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazida buning oddiy yechimi amaliyotga joriy qilingan.

Shartnoma asosida yollangan surdotarjimonga fuqaro maxsus planshet yordamida videoaloqa orqali bog‘lab berilmoqda.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

"Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish" xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?

🔹veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi mutaxassislar;
🔹tasarrufida veterinariya xizmati mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislari;
🔹ishlab chiqarishda veterinariya xizmatlari tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislari;
🔹xususiy veterinariya xizmatlari mutaxassislari.

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (Malaka oshirish markazi).

📝Xizmat uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (YIDXP orqali foydalanilganida 10 foiz miqdorida chegirma mavjud).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Foydali_ma'lumot

🏦Markaziy bank 27-oktabrdan boshlab amalda bo‘ladigan valyuta qiymatlarini belgiladi.

📁Batafsil yuqoridagi infografikada 👆👆👆

🔅Foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Budjet tashkilotlariga qanday tashkilotlar kiradi?

📌Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilotlar budjet tashkilotlari hisoblanadi.

❗️Ma’lumot uchun: Budjet tashkilotlarini moliyalashtirish shartlari va ularning budjet hisobini yuritish tartibi budjet to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 4-moddasi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #ICTWEEK_2022

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar namoyishi ICTWEEK 2022 doirasida Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev hamda Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi (ASAN Xidmet) raisi U. Mehdiyev o'rtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda sifat tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu oʻrinda U. Mehdiyev tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari faoliyatini yuksak baholadi hamda boʻlajak muloqotlar jarayonida qulay, shaffof va sifatli xizmatni yaratish sohasida oʻzaro tajriba almashish, hujjatlar va shaxsiy maʼlumotlarni raqamlashtirish va boshqa masalalarda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar davlat xizmatlari sohasidagi innovatsion yondashuvlar boʻyicha tajriba almashishni yanada kengaytirishga kelishib oldi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📱Mobil-ID tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini bilasizmi?

Tez, oson, qulay va ishonchli onlayn xizmat

💠Batafsil👉
https://youtu.be/I9vzEepEKa0

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔍 Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

📎
Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi

📌 Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko ‘rsatiladi

📝 Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari eksterritorial tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

🔰Xo'sh, Eksterritorial tamoyil o'zi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

✍️Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

💠Batafsil👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat