Davlat xizmatlari yangiliklari
49.5K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
🔴 #Adliya_live

Nusratullo Parpixoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig’i:

Fuqarolar tugʻilganlik haqida guvohnoma olish uchun FHDYO boʻlimiga kelmaydi.

Tugʻilganlik holati tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan foydalangan holda FHDYO boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etiladi.
Bunda, fuqarolar tugʻilganlik haqida guvohnoma olish uchun FHDYO boʻlimiga kelmaydi. Balki, tugʻruqxona tomonidan bolaning tugʻilganligi qayd qilinganligi haqida QR-kodli maʼlumotnoma beriladi va bu rasmiy hujjat hisoblanadi.
🔴 #Adliya_live

Bunyod Azizov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi boshqarma boshlig’i:

"Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida Mobil-ID tizimi joriy etilmoqda.
"

Ushbu tizim fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi.
Masalan, hozirda 3,1 mln. dan ortiq faol elektron imzo mavjud boʻlib, ularning amal qilish muddati 2 yilni tashkil etadi. Mobil-ID tizimi esa, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan 24 mln. aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
🔴 #Adliya_live

Oʻzbekistonning 7 ta sinov hududida Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarini koʻrsatish sifati baholandi

Ayini damda Adliya vazirligida “ERGO ANALYTICS” masʼuliyati cheklangan jamiyati ekspertlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash natijalari taqdimoti oʻtkazilmoqda.

Taqdimotda, Adliya vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda Davlat xizmatini ko’rsatish bo’yicha vakolatli davlat organlari mas’ul vakillari ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

🔊Ayini damda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

Bunyod Azizov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi boshqarma boshlig’i:

Mobil-ID tizimi shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi. Mobil-ID tizimi bu interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishda foydalanuvchini roʻyxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, verifikatsiya qilish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilar bilan aloqani taʼminlashga moʻljallangan mobil telefon raqamiga bogʻlangan identifikatsiya tizimidir.
🔴 #Adliya_live

Bunyod Azizov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriligi boshqarma boshlig’i:

Mobil-ID tizimi foydalanish aholiga nima beradi?


Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin boʻladi (kreditlash sohasida koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar bundan mustasno).
#Adliya_live

🔴Funksional tahlil bo‘yicha trening o'z ishini boshladi

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining (YI) “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda Latviyaning Riga shahridan Funksional tahlil bo‘yicha xalqaro ekspert Datse Grubert tashrifi doirasida seminar trening o’tkazilmoqda.

Tashrifdan maqsad – vazirlik va idoralarda funksional tahlil o‘tkazish uchun mutaxassislar va trenerlarda funksional tahlil, uning maqsadi, tarkibi va mexanizmlari haqidagi tushunchalarini shakllantirish va takomillashtirish, shuningdek, kelgusida funksional tahlilni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilishini ta‘minlash borasida 3 kunlik trening o‘tkazish va ushbu yo'nalishda mahalliy trenerlar tayyorlash.

Bundan tashqari, xalqaro ekspert D.Gruberte Namangan shahrida hamkor vazirlik va idoralar hududiy boshqarma hamda mahalliy hokimiyat vakillari uchun “Funksional tahlil va biznes jarayonlar reinjiniringi bo‘yicha “master-klass” o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

🔊Ayini damda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida fuqarolarga yaratilgan qulaylik mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
▶️#Adliya_live

Sanjar Abdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig’i:

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlarida nikoh uylari FHDY boʻlimlari etib qayta tashkil etildi.

Oʻziga xos jihati shundan iboratki, ushbu nikoh uylari faqat nikohni qayd qilish bilan shugʻullanar edi, endilikda FHDY boʻlimlari singari boshqa turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini, jumladan tugʻilish, oʻlim, ajrim qayd qilish vakolatiga ega boʻlmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️#Adliya_live

Isomiddin Latipov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig’i:

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali ariza qabul qilish boʻyicha 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha qadar Sirdaryo viloyatida huquqiy eksperiment oʻtkaziladi
.

Huquqiy eksperiment natijalari boʻyicha ushbu davlat xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 #Adliya_live

🔊Matbuot anjumani davom etmoqda

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

🔊Ayini damda Adliya vazirligi tomonidan AOKAda «Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmoni mazmun-mohiyati mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_live

🔴Funksional tahlil bo‘yicha trening davom etmoqda

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqining (YI) “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda Latviyaning Riga shahridan Funksional tahlil bo‘yicha xalqaro ekspert Datse Grubert tashrifi doirasida seminar trening 2 bosqichi o’tkazilmoqda.

Seminar treningni o'tkazishdan maqsad – vazirlik va idoralarda funksional tahlil o‘tkazish uchun mutaxassislar va trenerlarda funksional tahlil, uning maqsadi, tarkibi va mexanizmlari haqidagi tushunchalarini shakllantirish va takomillashtirish, shuningdek, kelgusida funksional tahlilni amalga oshirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilishini ta‘minlash borasida mahalliy trenerlar tayyorlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat