Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#Top_5 #Statistika

🔊Joriy yilning 1-yarmida tuman (shahar) DXM orqali ko‘rsatilgan eng ko‘p davlat xizmatlari qaysi yo'nalishlarda kuzatildi?

📊 Infografikada 2022-yilning 1-yarim yilligi mobaynida aholi tomonidan eng ko'p foydalanilgan davlat xizmatlari top-5 ligi aks etgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

⚡️DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!

📌Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

🔹Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida jami 72 717 ta qonun buzilish holati aniqlandi.

Shundan, 56 059 tasi muddat buzilishi, 7 012 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 4 522 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 1 245 tasi asossiz rad etish, 10 tasi vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaganlik hamda 3 869 tasi boshqa turdagi qonun buzilishlarni tashkil etadi.

🔹Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 476 ta taqdimnoma kiritildi, 114 ta profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda 720 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 496 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ulardan 10 nafar shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etildi, shuningdek 720 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
❗️Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz

Xususiy notariuslik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiman, buning uchun qayerga murojaat qilishim va qanday hujjatlarni taqdim etishim lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 369-son qaroriga muvofiq Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📝Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish boʻyicha Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

🔹Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi;

🔹Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma.

🔸Davlat xizmatini koʻrsatish uchun 150 000 so'm (BHMning 50 %) miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so'm (BHMning 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.

🔸YIDXP orqali murojaat etilganda toʻlovlarning 90 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda 1-yarim yilligi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 36 785 ta
🔹Kadastr idoralari – 7 149 ta
🔹Sog‘liqni saqlash muassasalari – 4 797 ta
🔹Hokimliklar – 4 220 ta
🔹Qurilish idoralari – 2 652 ta

📊Infografika

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📌 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📝 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

⚠️Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak, aks holda oʻz vaqtida murojaat etmagan fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlar_raqamlarda

💠Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

🔹Ushbu xizmatdan bugungi kunga qadar qancha fuqaro foydalandi?

📊Infografika

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#bilasizmi

🔅JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

📑 Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

📝Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

📌 O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

☑️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

📎 2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

👫Bolani bogʻchaga joylashtirish uchun elektron shaklda murojaat qilish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga oson va mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹
VIDEOQOʻLLANMA

📌Eslatma: Turli hujjatlarni toʻplab, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi turli qabul komissiyalariga borish shart emas. Sababi Hukumatning 28.03.2018-yildagi 244-son qarorga asosan ular bevosita ariza qabul qilish vakolatiga ega emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_muhim

🔅Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

❗️Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

📌Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

📎Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🗓Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eʼlon

🔊Jurnalistlar va blogerlar diqqatiga!

🔅Joriy yilning 28-iyul kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida press konferensiya oʻtkaziladi.

📌Mavzu: Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar.

🔴 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga jurnalistlarni, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etishim lozim? Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida qanday maʼlumotlar boʻlishi lozim?

❗️Javob:

Hukumatning 704-son qaroriga muvofiq, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorini, qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay ariza bilan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinigiz lozim.

📌Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:

📃tugatilayotgan korxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);

📋tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);

tugatilayotgan korxona boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;

📎korxonani tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bu_qiziq
#Davlat_xizmatlari_alifbosi

⚡️"Davlat xizmatlari alifbosi" ruknida "G" harfi.

📌Gidrogeologik xulosa berish.

💠Davlat xizmatidan asosiy maqsad:

🔅Yer osti suvlari holati yuzasidan gidrogeologik xulosalar berish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish.

🔹Davlat xizmatidan foydalanuvchilar: jismoniy va yuridik shaxslar.

🏢
Davlat xizmati ko‘rsatuvchi organ: Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari.

📍Arizalar qabul qilinadi: Davlat xizmatlari markazlarida va YIDXPda

💸Yig‘im miqdori: 3 000 000 so'm (BHMning 10 baravari).

Davlat xizmatlari ko‘rsatish muddati: 9 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #O'zaro_hamkorlik

🔊“Galstuksiz” uchrashuv — muammolarning konstruktiv yechimi

Fuqarolarga ID karta, xorijga chiqish pasportini berishda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami juda katta oʻrin tutadi. Shu oʻrinda JSHSHIR shakllantirishda Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat personallashtirish markazining oʻzaro aloqasi juda muhim.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ishchi tartibda tashkil etilgan uchrashuvda fuqarolarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini berish jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklar ularni bartaraf qilish choralari yuzasidan “Galstuksiz” uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida JSHSHIR berish jarayonlarini optimallashtirish, kelib chiqayotgan muammolarni joyida bartaraf etish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda qulaylik yaratish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Taʼkidlash lozimki, ushbu tashkilotlar oʻrtasida samimiy va konstruktiv aloqalar oʻrnatilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

🔊Ayini damda Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🔴 #Adliya_live

Xudayor Meliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari:

“Har kuni oʻrtacha 40-45 ming fuqarolarimiz Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib, xizmatlardan foydalanadi.”

Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmat turlari 4,5 baravarga ortib, 37 tadan 176 taga yetkazildi. Ushbu xizmatlarning 10 tasi joriy yilning 6 oyi davomida yoʻlga qoʻyildi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bugungi kunda 40 mln. ga yaqin, joriy yilning 6 oyi davomida 5,5 mln. dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan.
🔴 #Adliya_live

🔊Matbuot anjumani davom etmoqda

⚡️Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat