Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
876 videos
8 files
8.25K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Bir yoshga to‘lmagan bolaga ID-karta necha yil muddatga beriladi?

❗️Javob:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6065-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandiga muvofiq:

💠ID-karta yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha — ikki yil muddatga (ota-onalar, vasiylar (homiylar) ixtiyoriga ko‘ra) ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan beriladi.

📌Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi O‘zbekiston Respublikasi hududida egasining shaxsini va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlaydigan, ID-karta egasining shaxsiy biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilmaga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

89 yoshni qoralagan onaxonning uzogʻi yaqin boʻldi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tuman, shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish barobarida belgilangan kunlarda markazda uzoqlikda joylashgan hududlarda “Sayyor xizmat” tadbirlarini ham amalga oshirib kelmoqda.

Bu gal, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Yakkasada” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 89 yoshli onaxon Saltanatxon aya Tursunovadan yashash xonadoniga borgan holda sayyor xizmat ko‘rsatildi.

Onaxonni markazaga kelib xizmat olishlarining imkoniyati yo‘qligi sabab “Elektron raqamli imzo kaliti” olish yuzasidan sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.

O‘z navbatida, fuqaro markaz xizmatidan minnatdorligini bildirdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi #Bu_muhim

❗️Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi

☑️ Davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi quyidagi qonunbuzilish holatlari mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so'mdan 1,5 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi:

🔹arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlik;
🔹davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida murojaatlarni ko'rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlik;
🔹arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish;
🔹davlat xizmatlari ko'rsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirig'ini) bajarmaganlik.

➡️ Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Zarafshon shahrida adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud #Bu_muhim

🔊Kristinaning tugʻilganligi oradan 10 yil oʻtib qayd etildi

💠Kuni kecha Andijon viloyati Buloqboshi tumani FHDY boʻlimi tomonidan tugʻilganligi oʻn yil oʻtib qayd qilingan Kristina Razzoqovaga viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tugʻilganlik haqida guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganda undiriladigan yigʻimning miqdori qancha?

❗️Javob:

Hukumatning 797-son qarori bilan “Sudlanganlik haqida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning” maʻmuriy reglamentiga asosan, davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun 9 000 so'm (BHMning 3 foizi) va pullik xizmat uchun 6 500 so'm miqdorida yigʻim undiriladi.

💠YIDXP orqali murojaat etilganda, undiriladigan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

📌Ma’lumot uchun:“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Eslatma #Bu_muhim

❗️Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga oʻz vaqtida almashtirish yodingizdan chiqmasin!

📌Buni juda tez, oson va qulay tarzda amalga oshirish mumkin! Hali vaqtim bor ekan deb beparvo boʻlmang

📑Albatta, yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Напоминание #Это_важно

❗️Не забудьте вовремя заменить водительские права старого образца на новые!

📌Это можно сделать очень быстро, легко и удобно Не будьте безразличными, думая что есть еще время.

📑Подумайте о близких, поделитесь полезной информацией

Наш канал👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

🔅 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish uchun davlat xizmatidan foydalanishda fuqarolarga qanday qulayliklar yaratilgan?

Qonunchilikka ko‘ra, ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan, quyidagi qulayliklar mavjud:

🔹ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 barobardan 2,7 barobarga kamaytirilgan;

🔹Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli;

🔹ariza beruvchi ariza rasmiylashtirish jarayonida belgilangan ma’lumotnomalar va hujjatlar nusxalarini taqdim etmaydi, faqatgina so‘rovnomani to‘ldirishi kifoya;

🔹mas’ul tashkilotlar ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqlini o‘rganib chiqish muddati 14 ish kunidan 7 ish kunga kamaytirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Litsenziyalash_xizmati

❗️Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnomani “Litsenziya” axborot tizimi orqali olish mumkin

➡️ Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi.

🔰Murojaatlar quyidagilar orqali qabul qilinadi:

▫️“Litsenziya” AT –
license.gov.uz;
▫️YIDXPmy.gov.uz.

🙎‍♂️Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar

💰To‘lanadigan yig‘im miqdori:

Arizani ko‘rib chiqish – bepul;
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi (90 ming so‘m);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati – Burg‘ulash ishlarini bajarish davriga, lekin 2 yildan oshmaydigan muddatga.

⚠️ Ma'lumot uchun: Ruxsatnoma har bir burg‘ilash qudug‘i uchun alohida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

💻Elektron raqamli imzo sertifikatini olish uchun DXMga borish shart emas, buni masofadan amalga oshirish mumkin

Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti va sertifikatini maxsus axborot resursi (e-imzo.uz) orqali berish mexanizmi joriy qilingan. Bunda ushbu davlat xizmatidan murojaat etuvchi hali elektron raqamli imzo sertifikatiga ega boʻlmagan hollarda ham foydalanishi mumkin.

✍️ Videoqo'llanma orqali Siz xizmatdan mustaqil ravishda foydalanishingiz mumkin.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat