#Adliya_xabari #Hududldra #Sayyor_xizmatlar #Tadbirkorlik
🔊Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Qoʻqonda bir kunda 252 nafar tadbirkor roʻyxatdan oʻtdi
Tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularga qonuniy shart-sharoitlarni yaratish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda . Davlatimiz rahbari ham iqtisodiyotimizni rivojlantirish yoʻlida tadbikorlikni yanada rivojlantirishga alohida urgʻu bermoqda.
Joriy yilning 14-iyul kunidan boshlab Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi hamda Qoʻqon shahar hokimligi hamkorligida Qoʻqon shahrida joylashgan markaziy bozorlarda, savdo majmualarida hamda jamoat gavjum boʻladigan obyektlarda tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar qonuniy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.
Olib borilgan tushuntirish va targʻibot ishlari natijasida bir kunning oʻzida, sayyor tartibda 252 nafar fuqaro tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Buning natijasida, fuqarolarni qonuniy ish bilan taʼminlanishiga, mahalliy byudjega soliq tushumlarini oshishiga, shuningdek qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga zamin yaratildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bu kabi sayyor xizmatlar Qoʻqon shahrining har bir bozorida hafta davomida davom etadi. Qoʻqon shahri misolida viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida bu kabi sayyor tartibda, joyiga borgan holda davom ettirilishi koʻzda tutilgan.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat