#Adliya_xabari #Qonunchilikdagi_o'zgarishlar #Bu_muhim
🔊Adliya vazirligi tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat bilan Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
📌Franshizing shartnomasi – litsenziar litsenziatga haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qoʻriqlanadigan tijorat axborotidan va boshqa huquqlardan (tovar belgisi, ixtirolar) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini berish majburiyatini yuklaydigan shartnoma.
💠Qarorga asosan franshizing shartnomalarini Davlat xizmatlari markazlarida saqlanadigan maxsus kitoblarga maʼlumot kiritish orqali roʻyxatga olish, shartnomaning barcha nusxalariga imzo-muhr qoʻyish va 1 nusxasini arxivda saqlash amaliyoti bekor qilindi.
📃Endilikda franshizing shartnomasi boʻyicha taraf shartnomaning 1 ta elektron nusxasini Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etadi va Markaz xodimi uni 1 ish kuni muddatda elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazib, ariza beruvchiga franshizing roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida QR-kodli guvohnoma beradi.
🔰Qaror qabul qilinishi hisobiga roʻyxatdan oʻtkazilgan franshizing shartnomalarining ochiq elektron bazasi shakllanishiga erishiladi, bu esa fuqarolarga har qanday savdo-ishlab chiqarish obyektining franshizing asosida faoliyat yuritishi yoki yuritmasligi haqida asosli maʼlumot olishlariga imkon beradi.
❗️Bu muhim!!!: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 863-moddasiga muvofiq kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat