Davlat xizmatlari yangiliklari
50.3K subscribers
9.88K photos
893 videos
8 files
8.33K links
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

Endilikda, Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani olish yanada oson

👉Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun 33 ming soʻm yigʻim undiriladi.

📝Jismoniy shaxslar YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

🗓 Soʻrovnoma kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni ichida normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

💳Keyingi qadamda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan, barcha talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

✔️Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas

📝Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2 baravarida (600 ming soʻm) yigʻim undiriladi.

🗓Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

🖥Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📌Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishib olish" mumkin.

🔸Murojaatlar:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

🔹yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, telefon raqami ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza;

🔹konchilik ishlarining yillik loyihasi;

🔹grafik materiallar.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil

Izoh:
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektlar joyiga chiqib o‘rganiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

❗️Talabalikka tavsiya etildingizmi?

🤔Yotoqxonaga joylashmoqchimisiz? Unda mazkur video aynan siz uchun!

👉Ushbu qulaylik haqida talaba bo'lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

Endilikda, Davlat xizmatlari markazlari orqali "Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" mumkin

📝Hukumatning 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🤔Endilikda jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilishi mumkin.

📌Vakolatli organ Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hisoblanadi.

Inspeksiyada quyidagi texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:

🔹faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar;

🔹ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan transport vositalari;

🔹tramvay va trolleybuslar;

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaga tegishli texnikalar, shuningdek, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinadigan texnikalar.

Davlat xizmatidan foydalanishda texnikaga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

🟣Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 18 foizidan 50 foizigacha miqdorda to‘lov undiriladi.

🟣Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 4 ish kuni.

📎Davlat xizmati natijasida texnik passport, texnik guvohnoma hamda davlat raqami belgilari beriladi.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

❗️Yotoqxonaga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling!

🖥Davlat xizmatidan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video orqali tanishing!👆👆👆

👉Ushbu qulaylik haqida talaba bo'lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

Endilikda, Davlat xizmatlari markazlari orqali "Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish" mumkin

✔️Hukumatning 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🤔Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilishi mumkin.

📌Vakolatli organ Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hisoblanadi.

Inspeksiyada quyidagi texnikalar
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:

🟣faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar;
🟣ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan transport vositalari;
🟣tramvay va trolleybuslar;

📝Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaga tegishli bo‘lgan texnikalar, shuningdek, Transport vazirligi hamda Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan texnikalar.

Davlat xizmatidan foydalanishda texnikalarni sinovdan o‘tkazilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etiladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 20 foizidan 90 foizigacha miqdorda to‘lov undiriladi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati 4 ish kuni.

💳Davlat xizmati natijasida vaqtinchalik texnik passport, texnik guvohnoma hamda davlat raqami belgilari beriladi.

😄Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

❗️Yotoqxonaga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling!

🖥Davlat xizmatidan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video orqali tanishing!👆👆👆

👉Ushbu qulaylik haqida talaba bo'lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, Sportchilar sport pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari mumkin

📌Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

🖥Murojaatlar:
Davlat xizmatlari markazlari;
– YIDXP – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: jismoniy shaxs (sportchilar)

📝Kerak bo‘ladigan hujjatlar:

🔹 arizachining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari
🔹 Sportchi bilan jismoniy tarbiya va sport tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi
🔹yig‘im miqdori to‘langanligini tasdiqlovchi kvitansiya

📄Yig‘im miqdori: BHMning 1/6 qismi (55 ming soʻm) miqdorida;

🤰“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan yigʻim miqdorining 50 foizi (27,500 so‘m) undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: bir kun.

👉Sport pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng ariza beruvchi yoki uning qonuniy vakiliga elektron xabarnoma yuboriladi hamda vakolatli organ tomonidan besh kun muddatda pochta xizmati orqali pasport sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

💳Sport tashkiloti tomonidan pasport bir kun muddatda sportchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.

✔️Sport pasportining amal qilish muddati: 5 yil

❗️Eslatma: 16 yoshga toʻlmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas