Davlat xizmatlari yangiliklari
49.8K subscribers
9.83K photos
877 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#DIQQAT, EʼLON!

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik koʻrsatilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini boshqarish hamda bolalarni qabul qilish va navbatga qoʻyish boʻyicha elektron tizimning yangi talqini joriy etilayotganligi sababli bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish xizmati vaqtinchalik (17-yanvardan 1-fevralga qadar) koʻrsatilmaydi.

Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat_muhim

Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy.

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilinadi.

Oyliklar doirasida:

Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha maʼlumotlar OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritiladi.

Tadbirkor ayollarga huquqiy koʻmak berish uchun Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda hamkorlik memorandumi imzolanadi.

kurslar.huquqiyportal.uz” da ayollar huquqiga oid bepul onlayn oʻquv kurslari tashkil etiladi.

“Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilinadi.

Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha umummilliy imtihon oʻtkaziladi.

Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat_muhim

Elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarini roʻyxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida uzilishlar kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining axborot tizimidagi ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI kalitlari sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida texnik nosozliklar kuzatilmoqda.

Nosozliklar bartaraf etilganda qo'shimcha ma'lumot beriladi.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat

📢📢📢 Davlat xizmatlari agentligi OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni navbatdagi matbuot anjumaniga taklif etadi!

Anjumanda birgalikda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish: dolzarb muammolar va istiqboldagi rejalar haqida muloqot quramiz.

❗️DXA rahbariyatidan iborat spikerlar sohaga oid Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradi!

📍🕟 Matbuot anjumani 2022 yil 9 fevral kuni 15.00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tadi.

🔗Аloqada bo'ling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#Diqqat, e’lon!

⚡️Marg‘ilon shahar Davlat xizmatlari markazida eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish imkoni yaratildi.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat!!! #Jonli_muloqot

🕒 Ertaga 24 fevral kuni soat 16:00 da tadbirkorlik sohasidagi davlat xizmatlari bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan virtual muloqot bo‘lib o‘tadi!

Jonli efirda:

- byurokratiyaga qarshi choralar;

- xizmatlar soddalashtirilishi;

- yangi turdagi xizmatlar va boshqalar muhokama qilinadi!

💻📲Virtual makonda ko‘rishguncha!

🔗Onlayn-muloqotni Davlat xizmatlari agentligining Facebookdagi rasmiy sahifasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Muloqotni DXA
Youtube sahifasi orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat_muhim

📢 Ogoh boʻling!

❗️Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

🔗Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
#Diqqat #Bu_muhim #DX_qulaylik

🔈Hurmatli fuqarolar!

⚡️Endilikda Siz davlat xizmatlari yo‘nalishida ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilish uchun nafaqat 1148 ishonch telefoni orqali, balki telegramdagi @tezkor_murojaat_bot orqali ham murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.

📌Sizlarga ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ushbu bot, nafaqat 📝 yozma balki 🔈ovozli va 🎥video murojatlarni ham qabul qiladi.

Murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko'rib chiqiladi.

🔗Kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Yodda_tuting #Eslatma #Diqqat_muhim #DX_nazorat

⚡️Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi
qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#DIQQAT_MUHIM!

⚡️Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (
birdarcha.uz) yangilanmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish va hisobga qoʼyishning avtomatlashtirilgan tizimi 22-avgust kunidan yangi formatda ishga tushiriladi.

Shu munosabat bilan:
- joriy yil 20-avgust kuni soat 17-00 dan - 22-avgust soat 8-00 ga qadar tizimda profilaktika ishlari olib boriladi. Ushbu vaqt mobaynida Tizimdan (fo.birdarcha.uz) foydalanish imkoniyati vaqtinchalik to'xtatiladi;
- yangilanayotgan tizimga tadbirkorlik subyektlarini tugatish va qayta tashkil etish bilan bogʼliq oʼzgartirishlar kiritilayotganligi sababli, ushbu xizmatlardan foydalanish - joriy yilning 27-avgustiga qadar vaqtinchalik toʼxtatiladi.

Bunda, tugatish muddati kelgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat muddati mutanosib ravishda qo'shimcha uzaytiriladi.

Tadbirkorlar diqqatiga:

Vazirlikda yangi Tizim joriy qilinishi munosabati bilan, texnik uzilishlarni tezkorlik bilan hal etish bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Tizimdan foydalanishda muammolarga duch kelsangiz 1148 hamda 1008 ishonch telefonlari, yoki @birdarchasupportbot orqali ishchi guruhga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Diqqat_muhim

📢 Ogoh boʻling!

❗️Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

📌Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Diqqat_muhim

📢 Ogoh boʻling!

❗️Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

📌Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Diqqat_e'lon!

⚡️Hurmatli fuqarolar! Mirobod tumanida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli Mirobod tumani FHDY bo‘limi fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Diqqat_loyiha

❗️DXM hamda my.gov.uz orqali qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish belgilanmoqda

“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi

Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:

🔹davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;

🔹davlat organlari va tashkilotlari tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatish;

🔹aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish;

🔹elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) koʻrsatish.

📝 Loyihada shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.

📌 Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM