Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.82K photos
877 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#DXM_mahalla_fuqaro

Davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyoj “xonadonbay” oʻrganilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi masʼullari ham Bo‘ka tumani markazidan olisda joylashgan "Boʻka" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududdagi qishloqlarni "xonadonbay" oʻrganishni boshladi.  Bu yerda 2 mingdan ziyod oʻzbek, qozoq, tatar, qirgʻiz va tojik millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. 6 ta kichik qishloqlarda 374 ta xonadon va 501 ta oila mavjud.

Oʻrganishlarning ilk manzili 70 ga yaqin xoʻjalik istiqomat qilib kelayotgan Alxajar qishlogʻi boʻldi. Aholining davlat xizmatlari sohasidagi muammolari va murojaatlari tinglanadi. Xususan, fuqaro Faxriddin Poʻlatovning uyining kadastr hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi va shu yerning oʻzida fuqarodan sayyor tartibda kadastr pasportini tayyorlash uchun ariza qabul qilindi. Rashid Qulishbetovning pensiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish boʻyicha qilgan murojaati ham joyida hal etildi.

O‘rganish davom etmoqda.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#DXM_mahalla_fuqaro

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi va DXA boshqarmasi boshliqlari Xovos tumani ahli bilan uchrashdi.

Xovos tumanidagi “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” mahallasi ahli bilan uchrashuvda aholining muammolari oʻrganildi.

Uchrashuvda 14 nafar fuqaro turli mazmundagi murojaatlarini bayon qildilar. Shundan, 5 ta murojaat nazoratga olinib, uy-joy, moddiy ta’minot, ishga joylashish, tibbiyot yo‘llanmalari orqali davolanish, tadbirkorlik faoliyati va boshqa sohalardagi mavjud muammolar yuzasidan kelib tushgan 9 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi.

Tadbir davomida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan xovosliklarga talabiga binoan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube
#DXM_mahalla_fuqaro

Eng chekka hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda.


Bugun Boʻka tumanining “Boʻka” mahallasi tom maʼnoda bunyodkorlik, qurilish maydoniga aylandi.

Toshkent viloyatining eng chekka hududida joylashgan ushbu mahallada keng koʻlamli dasturlarning amalga oshirilishi yurtimizda inson qadri ulugʻlanayotganligi, har bir fuqaroning qonuniy manfaatlari taʼminlanayotganligidan darak.

Davlat xizmatlari agentligi masʼullari hududda 70 ga yaqin xoʻjalik istiqomat qilib kelayotgan Alxajar qishlogʻida boʻlib, aholining davlat xizmatlari sohasidagi muammolari va murojaatlarini “xonadonbay” tizimi asosida oʻrganmoqda. Markaz xodimlari davlat xizmatlaridan masofadan chiqmay ham foydalanish imkoniyati, sohadagi yangiliklar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar olib bormoqda. 

Mobil avtobus yordamida alxajarliklarga 50 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi.

Aloqada qoling:
Telegram · Instagram · Facebook · Youtube