Davlat xizmatlari yangiliklari
50.2K subscribers
9.9K photos
896 videos
8 files
8.36K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari to'lov qabul qilish vakolatiga ega emas.

Batafsil videoda...

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Matbaa korxonalarini tashkil etganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma

Xabardor qiluvchilar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (talabgor – jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin), faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali xabarnoma yuboradi.

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 50 foizi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: Yig‘im undirilmaydi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#bilasizmi

⚡️ Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olsangiz nafaqat imtihon topshirish, balki o‘qish xarajatlaringiz ham qoplab berilishidan xabardormisiz?

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- davlat xizmatlari markazlari;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali.

👫Ariza beruvchilar toifasi: imtihon topshirish paytida o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar.

🏢Vakolatli organ: Yoshlar ishlari agentligi.

📝Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
- imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi;
- maxsus sertifikat;
- o‘quv markazi va arizachi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bepul.

📆Eslatma: kompensatsiya to‘lovini olish uchun maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida murojaat qilish lozim.

📌 Kanalga ulanish
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bog'liq so'nggi yangiliklardan xabardormisiz?

📑 2025-yil 13-yanvar kuni "Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, quyidagi holatlar natijasida tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarsa, ular qayta davlat ro'yxatidan o'tishda davlat bojidan ozod qilinadi:

1️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tuzilganda;

2️⃣ ma'muriy-hududiy birliklar tugatilganda;

3️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning chegaralari o'zgarganda;

4️⃣ ma'muriy-hududiy birliklarning bo'ysunuvi o'zgarganda.

🔅Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

📨 Tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarni Siz istagan manzilga yetkazib beramiz!

🚗 Farzandli bo'lgan yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnomangizni yo'qotgan bo'lsangiz, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun FHDY bo'limiga borishingiz shart emas.

Endilikda bu jarayon yanada tezkor, oson va qulay!

💻 Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro'yxatdan o'ting va tug'ilganlik haqida birlamchi/takroriy guvohnoma olish uchun ariza yuboring.

📑 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰Xizmat narxi : 75 625 so'm (tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini yoki dublikatini olish - 50 625 so'm (BHMning 15 foizi); yetkazib berish - 25 000 so'm).

⌛️Ariza kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni mobaynida guvohnomani pochta xizmati orqali belgilangan manzilga yetkazib beramiz.

Unutmang, biz Sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

📌 Kanalga ulanish
#bilasizmi

🕌YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda mehmonxonalar qurish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!

💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.

🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!


📌 Kanalga ulanish
📃Turar joyni xususiylashtirish to‘g‘risidagi guvohnoma

🔹Xizmat nomi:

Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotnoma berish

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar

🏢Vakolatli organ(lar):
Mahalliy hokimiyat organlari

🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 ish kuni.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 180-son qarori

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Davlat xizmatlari markazlari.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Litsenziat, litsenziar yoki ularning vakili.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning uchdan bir miqdori.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 1 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha guvohnoma taqdim etiladi.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni Yagona reyestrga kiritish tartibidan xabardormisiz?

Murojaatlar qabul qilinadi:

Davlat xizmatlari markazlari;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 6 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_davlat_xizmatlari

📚Biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish tartibidan xabardormisiz?


Batafsil videorolikda....

📌 Kanalga ulanish
#qulaylik

🌐Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo'lishi bilan bog'liq faoliyat uchun litsenziyani onlayn olish mumkin!

📝Endilikda arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va "Litsenziya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Litsenziyalovchi
organ: Sog'liqni saqlash vazirligi.

💵 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 5 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 5 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.

📆 Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil.

Asos:
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-son qarori

Raqamli xizmatlar sizning qulayligingiz uchun!

📌 Kanalga ulanish!
#qulaylik

⚡️Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson!

Endilikda noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko'rsatamiz:

1️⃣ Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.

Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

📌 Kanalga ulanish!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

👨‍💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

📌 Kanalga ulanish!
#bilasizmi

🏨Mehmonxona mavjud bo‘lmagan tuman (shahar)larda kichik otellar qurish va ularni jihozlash xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi!

💻 Murojaat qilish tartibi: Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

👫 Ariza beruvchilar toifasi:
yuridik shaxslar.

🏢 Vakolatli organ:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi.

📆 Arizalarni ko'rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

🗂 Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi.

💰 Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov miqdori: bepul.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 919-son qarori.

🌟 Tezkor va qulay xizmatlardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!


📌 Kanalga ulanish!
#statistika

Davlat xizmatlarining (turlari) soni 7 yilda 6 barobarga oshdi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2018-yilda 63 ta xizmat turi ko'rsatilgan bo'lsa, 2024-yilga kelib bu ko'rsatkich 403 tani tashkil etmoqda.

📌 Kanalga ulanish!
#statistika

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko'rsatilgan xizmatlari soni yillar hisobida.

📌 Kanalga ulanish!