Davlat xizmatlari yangiliklari
50.2K subscribers
9.9K photos
896 videos
8 files
8.36K links
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Korporativ munosabatlarda byurokratiyaning oldi olinadi

Qonun (O‘RQ-1025-son, 07.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shakllarini tugatish;

yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga o‘tkazilishi;

korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilash;

mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi talabni bekor qilish;

xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarini huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etish;

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir lisenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qilish.

📌 Kanalga ulanish!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kanalimiz obunachilari

Kanalimizda Sizga kerakli huquqiy ma’lumotlarni Siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Huquqiy ma’lumotlarni qanday ko‘rinishda olishni xohlaysiz?
Anonymous Poll
50%
matn shaklida
15%
Infografika shaklida
30%
Video shaklida
5%
Audio shaklida
Kuniga nechta post joylashtirishimizni xohlaysiz
Anonymous Poll
26%
1-2 ta
25%
3-4 ta
14%
5-6 ta
35%
6 tadan ko'p
🚀 Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatga litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 10 kun.

Tezkor va qulay xizmatdan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring!🌟

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 481-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibini bilasizmi?

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar):
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

☑️Xabarnomani yuborish tartibi: “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

🏛 Bunda, xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar quyidagi davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari) orqali tekshirilishi lozim:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im undirilmaydi.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Bugungi kunda "Ziyo ulash" loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Sanʼatkorlar ham “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshilmoqdalar. Ular poytaxtdagi davlat xizmatlari markazlaridan biriga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markaziga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi Oʻzbekistonning barcha hududlarini qamrab olmoqda. Aksiyaga koʻplab davlat idoralari va parlament vakillari qoʻshilmoqda.

Xususan, bugun Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shermatov Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markaziga kitoblar topshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va barcha uchun kitoblardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. “Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.

💡Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.


📌 Kanalga ulanish
📢 Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda!

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

📌 Qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

- 12 turdagi litsenziya va ruxsat berish talabini bekor qilish;
- litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish;
- O‘zbekistonda doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan xorijiy yuridik shaxslarga litsenziya va ruxsatnomalar olish huquqini berish.
❗️ Qonun loyihasi litsenziya va ruxsat berish sohasidagi byurokratik holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish