Davlat xizmatlari yangiliklari
49.4K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va tuman hokimi B.Niyazimbetovlar nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Markaz aholining barcha qatlamlariga, jumladan, yosh bolali ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar va nuroniylarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Bino zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari asosida qurilgan boʻlib, aholi uchun keng sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sharof Rashidov tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Sharof Rashidov tumanining “Qo’shko’prik” mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari oʻrganildi.

Xususan, 28 ta murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyatini kadastr, kredit, tibbiyot, subsidiya, pensiya masalalari bilan bogʻlik boʻlgan muammolar tashkil etdi. Soha bilan bogʻlik boʻlgan 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, oʻrganish talab etiladigan muammolar ish yurituvga qabul qilindi hamda ayrimlari tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi.

Shuningdek, fuqarolarga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga adliya vaziri oʻrinbosari “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Muloqot davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, bu borada “mahalla yettiligi” aʼzolarining ham fikr-mulohazalari tinglandi.

Shu kunning oʻzida X.Meliyev tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, xodimlar bilan muloqot oʻtkazdi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida tavsiyalar berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari 📣

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarning rejalashtirgan ishlarini yakunlab olishlari va xalqqa qulaylik yaratish maqsadida bugun soat 15:00 ga qadar ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM