Davlat xizmatlari yangiliklari
49.5K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.28K links
Download Telegram
Hududlarda davlat xizmatlarini ko'rsatish samaradorligi va tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar o'rganilmoqda

Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo'lib, joylarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlar muammolari hamda adliya organlari tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarni tahlil qildi.

Xususan, vazir o'rinbosari tomonidan Asaka tumanida tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar o'tkazilib, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asakatekstil” MChJ hamda avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi "ADM Eleсtriсs" MChJ faoliyati yuzasidan soliq, kommunal xizmatlar hamda eksport hajmini oshirish bilan bog'liq muammolarning huquqiy yechimi muhokama qilindi.

Shuningdek, Marhamat tumani "Rohat" mahallasida qurilayotgan "Mingtepa" gidro elektrostansiyasidagi tadbirkorlar va investorlar bilan o'tkazilgan muloqot davomida loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024-y.) belgilangan vazifalar yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tizimli huquqiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, Andijon viloyat davlat arxivi, Asaka tuman adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo'limlari faoliyati bilan tanishilib, yangi joriy etilgan xizmatlar samaradorligi o'rganildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
🚀 Davlat xizmatlarini soddalashtirish davom etmoqda!

❗️19-dekabr kuni Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu gal mehnat sohasidagi xizmatlarni yanada qulay va samarali qilish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “Avtotransport sug’urtasi amal qilish muddatini tekshirish” tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Muhim yangilik!

❗️Ko'chmas mulkka huqularni rasmiylashtirishda endi bir marta murojaat qilsangiz, ko'chmas mulkingiz bilan bog‘liq barcha hujjatlar bir joyda hal qilinadi.

Ushbu xizmatlardan biri:
🏡 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish va shu manzilda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro'yxatga qo‘yish;

📜 Ko'chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish va manzilingizni vaqtinchalik yashash joyi sifatida rasmiylashtirish.

🔺Ushbu yengilliklardan foydalanish, o'z huquqlaringizni tez va oson himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ling!

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Faoliyat turini o‘zgartirish endi yanada qulay:

Agar yuridik shaxsga aloqador boshqa o‘zgarishlar bo‘lmasa, faqat asosiy faoliyat turini o‘zgartirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Bunda:
▪️Hujjat talab qilinmaydi.
▪️Ma’lumotlar real vaqt rejimida avtomatik o‘zgaradi.
▪️Avval yuklangan hujjatlar reyestrda saqlanadi.
▪️Davlat boji belgilangan tartibda undiriladi.
▪️Arizangiz DХMga kelib tushmaydi, avtomatik yakunlanadi.

❗️Yangi qulaylikdan birdarcha.uz platformasi orqali foydalanish mumkin

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ko‘priklar va tunnellarni loyihalashtirish, qurish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs o‘z elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar va chet el yuridik shaxslari (doimiy muassasasi mavjud bo‘lgan).

🏢Litsenziyalovchi organ:
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: BHMning 1 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 5 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 10 ish kuni.

Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Davlat_xizmatlari

Kemalarni roʻyxatga olish uchun arizani endi
my.gov.uz orqali ham topshirish mumkin

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan monitoring davomida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida kemalarni roʻyxatga olish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza berish imkoniyati mavjud emasligi aniqlandi.

Adliya vazirligi tomonidan Transport vazirligiga aniqlangan kamchilikni bartaraf etish hamda mazkur xizmatni YIDXP orqali joriy etish boʻyicha taqdimnoma kiritildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilmaganligi uchun Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Natijada, Adliya vazirligining aralashuvi bilan daryo transporti sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda yangi qulaylik joriy etildi.

Endilikda kemani roʻyxatga olish, qayta roʻyxatga olish va texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun arizalarni:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
Transport boshqarmalari yoki Transport vazirligining rasmiy veb-sayti orqali topshirish mumkin.

❗️Adliya vazirligi monitoring faoliyatini davom ettirib, boshqa sohalarda ham davlat xizmatlarini takomillashtirishga koʻmaklashmoqda.

Maʼlumot uchun: Transport nazorati inspeksiyasining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda kemalar soni 262 tani tashkil etadi (2024-yil 1-yanvar holatiga). 2023-yilda foydalanishda boʻlgan 113 ta kema texnik koʻrikdan oʻtkazilgan, 12 ta kema roʻyxatga, 5 ta kema qayta roʻyxatga olingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Давлат хизматлари соҳасидаги сўнгги янгиликлар ва енгилликлар маълум қилинди

Ўзбекистонда давлат хизматларини кўрсатишда бюрократизм, сансалорлик ва бошқа маъмурий тўсиқларни бартараф этиш, эскирган ва замон талабларига мос келмайдиган тартиб-таомилларни тубдан қисқартиришга қаратилган тизимли ишлар амалга оширилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/52482810

Kun.uz расмий канали
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlari orqali “O’z-o’zini band qilgan shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish" tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish

Talabgor ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: Yig‘im undirilmaydi.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: BHMning 1 baravari.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

🖥 Joriy yilda “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali kuzatuvchilarining soni 8.1 ming nafarga oshdi. Bizni tanlaganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

Kanaldagi ma'lumotlar 2024-yil davomida 14,3 milliondan ortiq marta o‘qilib, 295 ga yaqin iqtibos qilingan.

Kanal faoliyatiga oid statistika bilan yuqoridagi rasmda batafsil tanishishingiz mumkin.

✔️ 2025-yilda ham biz bilan bo‘ling va adliya tizimi bilan bog‘liq axborotni ishonchli manbadan oling!


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat