Davlat xizmatlari yangiliklari
50.5K subscribers
9.88K photos
887 videos
8 files
8.32K links
Download Telegram
#Adliya_xalq_bilan

60 yoshda tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega bo‘ldi!

Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Huquqiy aksiya doirasida: Izboskan tumanida yashovchi lnoyatxon xolani tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud bo‘lmaganligi bois tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olmagan va yoshligidan Asaka tumanidagi nogironligi bo'lgan bolalar maktab internatida hamda 1993-yildan "Muruvvat" internat uyida yashagan.

Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan Inoyatxon xolani tug‘ilganlik fakti sud idoralari orqali tasdiqlandi va FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Endilikda, tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi tomonidan identifikatsiyalovchi ID-karta rasmiylashtirish masalasi ko'rib chiqilmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xalq_bilan

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalar kesimida tegishli hujjatga ega bo'lmagan shaxslar xatlovdan o'tkazilmoqda.

Xatlov o'tkazish jarayonida tegishli hujjatlarga ega bo'lmagan shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, malakali mutaxassislar tomonidan o'rganib chiqilishi natijasida aholi muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Natijada, fuqarolar tug'ilganlik haqida guvohnoma, ID-karta va boshqa turdagi hujjatlarni olish kabi ishlarini turli tashkilotlarga murojaat qilish va hujjat to'plash kabi ovoragarchiliklarsiz hal etish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

Jumladan, Bektemir tumani "Chashma" mahallasida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarida tug'ilganlik haqidagi guvohnoma hamda fuqarolik pasporti yoki ID-kartaga ega bo‘lmaganligi sababli qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar murojaatlari qabul qilinib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralari ko'rilmoqda.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xalq_bilan

❗️ AKSIYA RAQAMLARDA

🗓 “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida bir hafta davomida 1250 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

🔘 Huquqiy aksiya doirasida:

🔹165 nafar shaxslarning tug‘ilishi qayd qilinib, tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi;

🔹170 nafar shaxslarni qarindoshining o‘limi qayd qilinib, o‘lim haqida guvohnoma berildi;

🔹464 nafar shaxslarga tug‘ilganlik va o‘lim haqida takroriy guvohnomalar berildi;

🔹48 nafar shaxslarga ID-kartalar berildi;

🔹276 nafar shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi;

🔹127 nafar shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga kelgan muammolari bartaraf etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

👥 2777 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko‘rsatildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat