Davlat xizmatlari yangiliklari
49.4K subscribers
9.85K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#Adliya_hudud

Namanganda ortda qolgan 10 oyda 74 ming, bir haftada 1000ga yaqin sayyor xizmat koʻrsatildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi, tuman, shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan birga, haftaning belgilangan kunlari sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Bunda, markazdan uzoqda istiqomat qiluvchi aholi vakillari davlat xizmatlarida doir murojaatlari koʻrib chiqiladi.

Batafsil👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

"NAVOIYURAN" DAVLAT KORXONASIDA 7000DAN ORTIQ XODIMLAR MOBIL-ID TIZIMIGA IDENTIFIKATSIYA QILINMOQDA

🔹Maʼlumki, respubikamizda 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.

🔹Mobil-ID tizimi - fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno. Mobil-ID tizimi esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan barcha aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

🔹Mazkur jarayon joylardagi davlat xizmatlari markazlari xodimlarining huquqiy va amaliy koʻmagi bilan amalga oshirilmoqda. Karmana tumani adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Navoiy kon metallurgiya konbinati xodimlari mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

🔅Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari eksterritorial tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

🔰Xo'sh, Eksterritorial tamoyil o'zi nima?

Eksterritorial tamoyil - yashash joyingizdan qatʼiy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan yoki FHDY boʻlimidan olish imkoniyati.

✍️Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoinki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga FHDY xizmatlariga zarurat tugʻildi. Avvalgidek, roʻyxatdan oʻtgan joyingizdagi FHDY boʻlimiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir boʻlib turgan joyingizdagi istalgan FHDY boʻlimiga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

💠Batafsil👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Yangi filial xalq xizmatiga topshirildi

Samarqand viloyati Nurobod tumanining “Mehnatkash” mahallasida Davlat xizmatlari markazining navbatdagi filiali foydalanishga topshirildi. Bu viloyat miqyosida to‘qqizinchi filial hisoblanadi. Qayd etish kerak, Nurobod tumani viloyat markazidan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan. “Mehnatkash” mahallasini esa Nurobod tuman Davlat xizmatlari markazidan 52 kilometr masofa ajratib turadi.

👉Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

⚡️Adliya: Xorijlik hamkorlar mamnun.

Tadbirkorning omadi yurishdimi, biznesi ortidan boy bo‘lishi tayin. Ayniqsa, mahalliy ishbilarmonlarimiz bugun xorijiy hamkor bilan o‘z tadbirkorligini yanada mustahkamlab, jahon bozoridan o‘z o‘rnini izlamoqda... Masalan, Nurota marmari butun olamga mashhur. Ammo, dunyo investorlari Nurotaning o‘ziga kelib, bu mahsulotni qazib olishi, marmarga pardoz berishi, qayta ishlov berishi kimning xayoliga kelibdi.

Nurota tuman Adliya bo‘limi DXM xodimlari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi hamda o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashtirilgan "SI FANG KUANG YE" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona tashkil etildi. Korxona marmar, granit va xarsang toshlarni qazib olish, qayta ishlash, ishlov berish, pardozlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Endi Urgut tuman DXMda ham “prava”ni almashtirish mumkin

Adliya fuqarolarga qulayliklar yaratishda davom etadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urgut tuman Davlat xizmatlari markazida ham eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati ishga tushirildi.

BATAFSIL 👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud
#sayyor_qabul

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

Shu kuni Qarshi tumanida  o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi, Shundan 12 ta  Mobil_ID ro‘yhatga olingan bo'lsa, 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi, 4 nafar bolalarni  bog'chaga navbatga qo'yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 nafar nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 ta tug'ilganlik guvohnomasi o'z egalariga topshirildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning "Kasanachilik" markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud
#sayyor_qabul

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

Pastdarg‘om tuman DXMda “3 qadam” tamoyili yo‘lga qo‘yildi

Pastdarg‘om tuman Davlat xizmatlari markazida “3 qadam” tamoyili joriy etildi. Yaʼni, xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish maqsadida xizmatlar “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratildi. Bu tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Hozirda ushbu tartib Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida mavjud.

Misol uchun, fuqarolar avvallari biror davlat xizmatidan foydalanish uchun aytaylik 30 daqiqa kutishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda bunga 3 daqiqa yetarli bo‘lmoqda. Bu keyingi navbatda turgan fuqaroning qisqa fursatda hal bo‘lishi kerak bo‘ladigan masala uchun soatlab kutishiga o‘rin qoldirmaydi.

Qolaversa, ilgari barcha xodimlar istalgan turdagi xizmatni ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda ular ish tajribasidan kelib chiqib guruhlandi. Mazkur tartibning yo‘lga qo‘yilishi natijasida kunlik ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonining ikki baravarga oshishiga hamda fuqarolar kutish vaqtining ikki baravar qisqarishiga erishildi. Xizmatlarni foydalanuvchiga qulay qilish, ularning mulohazalari bilan hisoblashish operatorlar va mijozlar vaqtining tejalishiga, xizmatlardan qoniqish darajasi ko‘tarilishiga xizmat qiladi.

Ushbu amaliyot xodimlarning malaka va tajribasi qay darajada ekanligini aniqlash, qaysi xizmatlarda muammoga duch kelayotganligiga eʼtibor qaratib, malakasini oshirib borish, yangi ishga qabul qilingan xodimlarni “oson” davlat xizmatlari toifasida xizmat ko‘rsatishdan boshlab, “murakkab” toifasigacha bosqichma-bosqich o‘tkazish choralarini ko‘rish, “ustoz-shogird” anʼanalari asosida faoliyat yuritish tizimini mustahkamlash imkoniyatini vujudga keltiradi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi: Jamoatchilik fikri biz uchun muhim

Adliya vazirligi masʼullari Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida bo‘lib, mazkur hududlardagi mahalliy OAV va jamoatchilik vakillari bilan muloqot o'tkazdi.

Shu bilan birga xizmat safari davomida viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarimizning sohada olib borilayotgan ishlar va yaratilgan qulayliklar borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Xitoylik investor Mirishkorda yirik loyihasini davlat ro’yxatidan o’tkazdi

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov xitoylik investor Yong Jong bilan uchrashdi. Dastlab, tomonlar loyiha ustida muzokara o’tkazib, mehmonlarga yurtimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Xorijiy investor 2024—2026-yillar davomida 20 ming ga yer maydonlarida tut plantatsiyasini tashkil etib, pilla yetishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha o’z loyihasini amalga oshirishini ma’lum qildi.

Shundan so’ng, Xitoy investori Mirishkorda umumiy qiymati 116 mln dollar bo’lgan “Sunfeel” xorijiy korxonasini davlat ro’yxatidan o’tkazdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Namangan viloyatiga tashrifining birinchi kunida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Avvalo, Adliya vaziri oʻrinbosari tashrif davomida Uychi tumani adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimi va ularning arxivlari faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va fuqarolar bilan bo‘lib o'tgan samimiy suhbatlar davomida xodimlar va tashrif buyuruvchi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr va mulohazalar hamda takliflar tinglandi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Opa-singillarning koʻp yillik orzulari ushaldi


Qashqadaryo viloyati Nishon tumani olis hududlaridan biri boʻlgan “Shirinobod” mahallasida yashovchi opa-singil Boymuratovalarning tugʻilganlik guvohnomalari yoʻqligi sababli taʼlim olishda muammolarga duch kelishdi. Nishon tumanida yashovchi Oysahat opaning 18 hamda 15 yoshli qizlari Muhabbat va Muhayyolar shu kunga qadar hujjatsiz yashab kelishayotgan edi.

Nishon tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabullar davomida qizlarning hujjati yoʻqligi aniqlandi. Tuman FHDY boʻlimi tomonidan kerakli hujjatlar toʻplanib, guvohnomalar oʻz egalariga topshirildi.

Vaqtida olinmagan hujjatlar keyinchalik katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini oʻylamagan Oysahat opaning koʻzida quvonch chunki farzandlarini oliy maʼlumotli boʻlishini qaysi ota-ona xohlamaydi deysiz.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM