Davlat xizmatlari yangiliklari
50.4K subscribers
9.87K photos
883 videos
8 files
8.3K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qaysi toifa vakillarining farzandlari imtiyozli tarzda maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yiladi?

🔹I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning bolalari;
🔹koʻp bolali oilalarning bolalari;
🔹yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
🔹“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari;
🔹kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
🔹talabalar va pedagoglarning bolalari;
🔹akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar;
🔹koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga oʻtkazilayotgan sogʻaygan bolalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

📌Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz kerakmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Viloyat qurilish bosh boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼Jismoniy va yuridik shaxslar.

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati - 3 ish kuni.

📩 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Nukus tumanida yangi Davlat xizmatlari markazi tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida yangi inklyuziv Davlat xizmatlari markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim va OAV vakillari uchun press tur bo‘lib o‘tdi.

Ushbu inklyuziv Davlat xizmatlari markazi Adliya vazirligi va O‘zbekistondagi BMT TDning "O‘zbekistonning qishloq tumanlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" qo‘shma loyihasi doirasida tajriba-sinov obyektlari sifatida tanlangan 7 ta markazdan biridir.

👉Batafsil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya 

Qoraqalpog‘istonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Adliya matbuot anjumani 

Xabar berilganidek, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani Davlat xizmatlari markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng OAV vakillari uchun  ‘Davlat xizmatlari yo‘nalishi bo‘yicha qilingan ishlar, hamkorlik natijalari‘mavzusida matbuot anjumani ham o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligi rahbariyati , Yevropa Ittifoqi va BMTTD vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning maqsadi:
•  Qoraqalpog‘iston Respublikasining olis tumanlaridan birida (Nukus tumani) yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazi ochilishi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish.

•  Davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish sohasida mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish.

•  Adliya vazirligi/Yevropa Ittifoqi/BMTTD "O‘zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" Qo‘shma loyihasi faoliyati natijalari to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirish.

Shuningdek, matbuot anjumani davomida spikerlar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi joriy vazifalar va kelgusidagi rejalar haqida ham fikrlar bildirildi, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM