Davlat xizmatlari yangiliklari
49.9K subscribers
9.83K photos
879 videos
8 files
8.27K links
Download Telegram
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantirish muddatlari qanday?

📌Elektron talabnoma Davlat personallashtirish markazi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng:

🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqami axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga bir ish kuni davomida shaxsiy identifikatsiya raqami shakllantirilib, ma’lumotlarni to‘plash punktiga elektron shaklda;

🔹xorijiy davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning farzandlariga (shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda), chet el fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun shaxsiy identifikatsiya raqami bir ish kuni davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Elektron hukumat nima va ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish qaysi organlar orqali amalga oshiradi?

👉Javob: Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.

🔹Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ va boshqa davlat organlari amalga oshiradi.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son Qonuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Davlat xizmati va elektron davlat xizmati tushunchasini bering?

👉avob: Davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin.

📝Elektron davlat xizmati — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-395-son Qonuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Sportchilarga qanday sport unvonlari va sport razryadlari beriladi?

👉Javob: Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq ariza beruvchiga:

📝 sport unvonlari:
🔹Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi;
🔹O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri;

📝 sport razryadlari:
🔹O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod;
🔹birinchi sport razryadi;
🔹ikkinchi sport razryadi;
🔹uchinchi sport razryadi;
🔹o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi;
🔹o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
🔹o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi beriladi.

📌Xalqaro grossmeyster sport unvoni tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi. Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan sportchilar Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi sport unvonini olgan sportchilarga tenglashtiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati nimada va FHDY organlari tomonidan qanday guvohnomalar beriladi?

👉Javob: Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug‘ilganligini, uning ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma — bu nikohdan o‘tgan shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.

Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma nikohda bo‘lgan shaxslarning nikohi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish qanday amalga oshiriladi?

👉Javob: Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

📌Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

📝Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi zarur.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📄Mavzuli so‘rovlarni ijro etishda turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

📌Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash uchun bitta ma’lumotnomaga bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentabrdagi 597-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

💠O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shaxsiy identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtirib beriladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolariga — xorijiy davlat fuqarosining pasporti;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — harakatlanish hujjati;
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga — yashash guvohnomalari;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet el fuqarolariga — qonunchilikda belgilangan tartibda tan olingan ishonchnoma, xalqaro shartnoma va kelishuvlarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, ishonchnoma bergan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va xalqaro standartlarga (ICAO) mos raqamli fotosurati, vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 177-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi?

📄Quyidagi hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi:

🔹ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligi aniqlanganda;
🔹ariza beruvchining milliy haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha amaliy hamda nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik fakti tasdiqlanmaganda;
🔹ariza beruvchi tomonidan tegishli yig‘im to‘lanmaganda.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo‘nalishida “1148ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish qanday amalga oshiriladi?

👉 Javob: Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.

📌Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.

📝 Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish haqidagi arizada bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati, yoshi, jinsi, vazni va bo‘yi haqidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi zarur.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM