Davlat xizmatlari yangiliklari
49.7K subscribers
9.83K photos
877 videos
8 files
8.26K links
Download Telegram
#Seminar

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun oʻquv seminarlar oʻtkazilmoqda

Xorazm viloyatida Hukumatning “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan oʻquv-seminari bo'lib o'tdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat hokimligi, adliya boshqarmasi mas'ullari va davlat organlari hamda tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birga jami 3 000 minga yaqin davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat xizmatchilarini halol, adolatli va kamtar boʻlishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi, oʻz xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiisteʼmolchilikka yoʻl qoʻymaslik kabi masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Qolaversa, ma’ruzachilar tomonidan davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha idora va tashkilotlar xodimlarining odob-axloq me’yorlari mazkur qaror bilan tartibga solinganligi, xususan, qarorda davlat xizmatchilarining nafaqat xizmatni o‘tash vaqtidagi, balki, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, rahbar xodimlarning majburiyatlari va ushbu qoidalarga rioya etilmagan holatlar uchun javobgarlik belgilab qo‘yilganligi ham aniq misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga maʼruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Seminar

Endilikda, Adliya vazirligi ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritishda maxsus planshetlardan foydalanadi

Hukumatning 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qaroriga asosan, endilikda Adliya vazirligi "E-ma'muriy ish" tizimida ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan ish yuritish va tegishli jazo choralarini qo‘llashda maxsus planshetlardan foydalanadi. Ushbu turdagi qurilmalarning joriy etilishi ortiqcha qog'ozbozlikni oldini olishga qaratilgan.

Shunga ko'ra Adliya vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari mas'ul xodimlari maxsus planshetlar bilan ta'minlandi hamda Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari ishtirokida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni maxsus planshet orqali "E-ma'muriy ish" tizimida yuritilishi bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat