Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
10.8K subscribers
23.2K photos
5.02K videos
61 files
9.01K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: https://www.youtube.com/@wcuuzofficial
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktyabr_Xalqaro_qishloq_ayollari_kuni

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining "Kattabog'" mahallasida Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi boshchiligida uchrashuv tashkil etildi.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_qishloq_ayollari_kuni

🎥 Xorazm telekanalida efirga uzatiladigan "Assalom Xorazm" dasturida "15-oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan Yangibozorlik bir guruh faol qishloq ayollari ishtirok etdilar.
👍2
Давлат божхона қўмитаси аёлларни ишга таклиф қилиш бўйича эълон муддатини узайтиради!

Давлат божхона қўмитаси қўйидаги бўш лавозимларга хотин-қизларни хизматга қабул қилиш бўйича танлов эълон қилади:

1. Андижон вилояти божхона бошқармаси “Дўстлик” чегара божхона постига 2 нафар божхона назорати ва расмийлаштируви гуруҳи кичик инспектори;
2. Сурхондарё вилояти божхона бошқармасининг “Сариосиё” чегара божхона постига 3 нафар, “Айритом” чегара божхона постига эса 1 нафар божхона назорати ва расмийлаштируви гуруҳи кичик инспектори;
3. “Тошкент-АЭРО” ихтисослаштирилган божхона комплексининг “Тошкент” халқаро аэропорти” чегара божхона постига 6 нафар божхона назорати ва расмийлаштируви гуруҳи кичик инспектори.

Мазкур лавозимларга танлов асосида Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, ёши 17 дан кам бўлмаган ва 30 дан ошмаган, олий маълумотга эга, ўзининг шахсий, ишчанлик ва ахлоқий сифатлари, соғлиги ва жисмоний тайёргарлиги даражасига кўра божхона органи ходимининг хизмат вазифаларини бажаришга қодир – бўйи 160 см.дан кам бўлмаган АЁЛЛАР қабул қилинади.

Номзодлар иқтисодиёт, молия, бухгалтерия ҳисоби ва аудит, солиқ, божхона иши, юриспруденция, хорижий филология, товаршунослик ёки озиқ-овқат технологияси мутахассислиги эга бўлиши ҳамда камида битта чет тилини билишлари лозим.

“Давлат божхона хизмати тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг 13-моддасига кўра, муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган, хизматни ўташга монелик қиладиган касаллиги ёки жисмоний нуқсонлари бўлган, бошқа давлат органларидан салбий сабабларга кўра бўшатилган, содир этган жинояти учун илгари ҳукм қилинганлар, қўлланилган жазо туридан, судланганлик ҳолати тугатилганлигидан ёки олиб ташланганлигидан ва ўзига нисбатан амнистия акти ёки афв этиш қўлланилганлигидан қатъи назар ёхуд ярашув муносабати билан жиноий жавобгарликдан озод қилинган фуқаролар хизматга қабул қилинмайди.

Юқоридаги талабларга мос келмаган, саралаш босқичларидан ўта олмаган ёки ўзи ва яқин қариндошлари тўғрисида била туриб нотўғри маълумотлар берган, шунингдек белгиланган ҳужжатларни белгиланган муддатда тақдим этмаган номзодларни хизматга қабул қилиш рад этилади.

Ишга кириш истагидаги номзодлар Давлат божхона қўмитасининг янги веб-сайтидаги “Давлат божхона қўмитаси вакант лавозимларининг ягона очиқ портали” орқали онлайн тарзда ариза юборишлари мумкин.

Ушбу ҳаволада: https://new.customs.uz/uz/services/vacancy

Аризаларни қабул қилиш 2022 йил 17 октябрга қадар давом этади.
👍1
“Ko‘kcha” mahallla fuqarolar yig‘ini Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ovulning asosiy drayveri chorvachilik hisoblanadi.
Bugungi kunda mazkur mahallada 2000 yaqin fuqarolar istiqomat qiladi.
Тadbirda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova so‘zga chiqib, bayram bilan tabrikladi. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan konimexliklarning keying faoliyatlariga omad tiladi.
👍9
#LIVE

EHTIYOJMANDLARGA MEHR ULASHIB

Karmana tumani “Farxod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladigan Mehriniso Boqiyeva “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi nogironligi bor ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro‘yxatiga kiritilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida M.Boqiyevaga “Ayollar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 9 mln. so‘mga qurilish mollari olib berilgan. Hozirgi kunda tumandagi 4-sektor tomonidan fuqaro xonadonida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova viloyatimizdagi tashrif doirasida Mehriniso Boqiyeva xonadonida bo‘lib, holidan xabar oldi. Bayram tuhfalarini topshirib, dildan suhbatlashdi.
👍5
Namangan shahar Dashtbog' MFY xotin-qizlar faolining faoliyati o'rganildi.

O'rganish davomida mahalladagi "Oqila ayollar" harakati a'zolari bilan suhbat o'tkazildi. Suhbatda oilalaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ajrim sabablari, erta nikoh va erta tug'ruqni oldini olish, quda andachilik odoblari, shariy nikohning oldini olish kabi masalalarda oqila ayollarning fikrlari tinglandi.

Barchamizning asosiy maqsadimiz oilalarni tinch bo'lishi, ular qanchalik farovon bo'lsa jamiyatimiz, yurtimiz osoyishta bo'ladi deydi Nodira Meliboyevna.
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Mamlakatimizda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni har jihatdan rag‘batlantirish masalasi doimiy e'tiborda bo‘lib kelmoqda.

Navoiy shahridagi 16-sonli umumta'lim maktabida o‘tkazilgan uchrashuv davomida o‘quvchilar uchun esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova ishtirokida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha yangi qabul qilingan qonun-hujjatlari, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
👍2👏1