Forwarded from NAVOIY VILOYATI OILA VA XOTIN-QIZLAR BOSHQARMASI
#Томди_тумани
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova boshchiligidagi delegatsiya a‘zolari Navoiy viloyatining shimoliy hududlaridan biri - Tomdi tumanidagi tashrifi doirasida "BURA CAMEL" hususiy korxonasi faoliyati bilan tanishishdi.
Ushbu xususiy tadbirkorlik obyekti 2022 yilning aprel oyida tadbirkor Aynara Dosova tashabbusi bilan ishga tushirilgan. Qiymati 754 million so‘mni tashkil etadigan mazkur tikuv korxonasida 10 yaqin milliy va zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda "BURA CAMEL" xususiy korxonasida 20 nafar "Ayollar daftari" ro‘yhatiga kiritilgan xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Tadbirkor A.Dosova kelajakdagi rejalariga mahsulot turini ko‘paytirish bilan bir qatorda ish o‘rinlarini 50 nafarga yetkazish kiritilgan.
Shu kuni Tomdi tumanidagi oqila, faol, ibratli va namunali xotin-qizlari bilan ham uchrashuv tashkil etilib, ularga Ramazon tuhfasi - sovg‘alar ulashildi.