Oila va xotin-qizlar qo'mitasi
9.29K subscribers
21.2K photos
4.67K videos
51 files
8.31K links
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi rasmiy telegram kanali

Rasmiy sayt: gov.uz/wcu

Facebook: facebook.com/wcuuzofficial

Instagram: instagram.com/xotin_qizlar_qomitasi

Youtube: https://www.youtube.com/@wcuuzofficial
Download Telegram
#Zulfiya_nomidagi_davlat_mukofoti
#Tomdi_tumani

Joriy yilning 6 sentabr sanasida Tomdi tumanida iqtidorli, ist'edodli qizlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari - Oiva va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Dospanbetova so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi. Bu yilgi tanlovda jami 19 nafar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli, zukko va tashabbuskor qizlar qatnashib, adabiyot, san'at (tasviriy, amaliy, bezak, dizayn), madaniyat, ta'lim, fan, sport va jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyatlarini sinab ko‘rishdi.
#Zulfiya_nomidagi_davlat_mukofoti
#Nurota_tumani

Kuni kecha Nurota tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5325-sonli farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar uchun yanada keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi haqida aytib o‘tildi.

Tanlov komissiyasi a'zolari har bir qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari, egallagan yutuqlari, zabt etgan marralarini odilona baholab, viloyat bosqichiga munosib nomzodlarni tavsiya etishdi.
#LIVE

AYOLLAR SALOMATLIGI – DOIMO EʼTIBORDA!

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri xotin-qizlar sogʻligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan. Shu maqsadda bugun Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamovaning Navoiy viloyatiga tashrifi aynan viloyat Perinatal markazi, Aholi reproduktiv salomatlik markazi hamda “Ona va bola skriningi” markazi faoliyatlari bilan tanishishdan boshlandi.

Viloyatda 286 ming nafarga yaqin fertil yoshidagi xotin-qizlar mavjud boʻlib, bugungi kunda ularning 83,3 % tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, natijada 95 ming nafar ayolda turli xildagi ekstrogenital kasalliklar mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda davolash ishlari olib borilmoqda.
#Oqila_ayollar

Uychi tuman oila va xotin qizlar bo‘limi tomonidan 15-oktyabr- "Xalqaro qishloq ayollari kuni"ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oqila ayollar harakati a'zolariga guvohnomalar berildi.