Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
7.05K subscribers
94.4K photos
6.84K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
🌤☀️ Наманганда 21 июль куни ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик кутилмайди

▫️“Ўзгидромет” 21 июль, жума куни қандай об-ҳаво бўлишини маълум қилди.

▫️Наманган вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, ёғингарчилик кутилмайди. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 13-18 м/с гача кучайиши мумкин. Ҳарорат кечаси 20-25°, кундузи 33-38°бўлади.

▫️Республиканинг тоғолди ва тоғли ҳудудларида ҳаво ўзгариб туради, айрим жойларда қисқа муддатли ёмғир ёғиши, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шамол ғарбдан 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 13-18 м/с гача кучайиши мумкин. Ҳарорат кечаси 15-20°, кундузи 28-33° бўлади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi

Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt⋅soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.
#online

Namangan viloyatidagi 4R-112 "Farg‘ona Halqa yo‘li" avtomobil yo‘lining 75-kilometriga vazn va hajmni oʻlchash tarozilari oʻrnatilib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, haddan tashqari ko‘p yuk ortilgan transport vositalarining umumiy foydalanishdagi yoʻllarga zarar yetkazishining oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Qoidalarga ko'ra, yuk mashinalariga yo‘lning bitta yetakchi o'qida maksimal 11,5 tonna va har bir qo'shimcha o'qda 10 tonna yuk ko'tarishga ruxsat beriladi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi hamda Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida 3 ta yuk avtomashinasida ortiqcha yuk borligi aniqlandi.

Belgilangan qoidalarni qo‘llash orqali rasmiylar yo‘l tarmog‘ining yaxlitligini saqlab qolish va umumiy yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Nazorat tadbiri davom etmoqda

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
🔰 Namangan viloyati bo'yicha e-auksion.uz platformasi orqali Davlat mulklarini 3 yilga ijaraga oling !

🏢 Mingbuloq tumanidan 25 ta (koʼrish)
🏢 Kosonsoy tumanidan 32 ta (ko'rish)
🏢 Namangan tumanidan 53 ta (koʼrish)
🏢 Norin tumandan 25 ta (koʼrish)
🏢 Pop tumandan 51 ta (koʼrish)
🏢To'raqo'rg'on tumanidan 32 ta (ko'rish)
🏢Uychi tumanidan 37 ta (ko'rish)
🏢Uchqo'rg'on tumanidan 34 ta (ko'rish)
🏢Chortoq tumanidan 45 ta (ko'rish)
🏢Chust tumanidan 30 ta (ko'rish)
🏢Yangiqo'rg'on tumanidan 24 ta (ko'rish)
🏢Namangan shahar 68 ta (ko'rish)
🏢Davlatobod tumanidan 26 ta (ko'rish)
🏢YangiNamangan tumanidan 28 ta (ko'rish)

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Танишинг: Наманган тўқимачилик саноати институти тез фурсатда шундай кўринишда бўлади

Айни кунларда Наманган тўқимачилик саноати институти раҳбарияти томонидан талабалар ва профессор-ўқитувчиларга кенг шароитларни яратиш борасида аниқ ва манзилли ишлар бошлаб юборилган.

Тез фурсатда амалдаги ўқув бинолари ва институт инфротузилмаси тамомила янги қиёфага киради. Воқеалар ривожини саҳифаларимиз орқали кузатиб боринг.

Наманган тўқимачилик саноати институти
Viktor Jalilov xotirasiga bag‘ishlangan Hokim kubogi musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Joriy yilning 17-iyulidan boshlab start olgan bahslarda viloyatimiz sport hamda futbol maktablaridagi mavjud bo‘lgan 2012-yilda tavallud topganlardan iborat 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblik Jiydakapaning Zarafshon jamoasiga nasib etdi. Ushbu musobaqa shu bilan birga Namangan Futbol Akademiyasi uchun tanlov sifatida ham xizmat qilib, undagi iqtidorli yoshlarni ushbu yildagi bo‘lib o‘tadigan qabul imtihonlarga taklif etildi.