Давлатобод тумани ҳокимлиги | расмий канали
6.92K subscribers
95.1K photos
6.9K videos
62 files
13.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐦 “President Tech Award” tanlovida qatnashing! Vaqt oz qoldi!

Oʻtgan yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining IT-soha vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida mGowAward tanlovida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan, 50 000 AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qila olgan, “Tahrirchi” ilovasini ishlab chiqqan guruhi aʼzolaridan biri davlat rahbariga murojaat qilib, Prezident boshchiligida har yili IT-tanlovlarni oʻtkazish taklifini bildirdi.

Prezident joriy yilda sovrin jamgʻarmasi 1 million AQSh dollarini tashkil etuvchi startaplar uchun eng yirik tanlov – President Tech Award mukofotiga aylangan gʻoyani qoʻllab-quvvatladi.

Tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga ajratiladi.

🏆 Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagilar bo‘yicha o‘tkaziladi:

1. Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. Axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
5. Kompyuter va mobil o‘yinlar.

Maxsus yoʻnalish esa 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutuvchi Gran-Pri Xakatoni boʻladi.

❗️Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://awards.gov.uz/

#digital
#mitc
#presidenttechaward

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube