Daryo | Dunyo
504 subscribers
24.3K photos
37 videos
24.3K links
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali.

Rasmiy – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Tezkor xabarlar – @daryo_live
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Buyuk Britaniyada saylovda ovoz berish yoshi 16 ga tushiriladi

Mamlakatda 1969-yil ovoz berish yoshi 18 etib belgilangandi.

Batafsil — https://daryo.uz/PPmAeqCe

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
“Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymaydi ham” — Erdog‘on

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilni “prinsipsiz, erka va terrorchi davlat”, deb atadi.

Batafsil — https://daryo.uz/PP9XKybw

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1👏1
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi “eng keskin” sanksiyalar paketini kelishib oldi

Slovakiya e’tirozi sababli 18-sanksiyalar paketi avvalroq qabul qilinmayotgandi

Batafsil — https://daryo.uz/PtCAi40a

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Britaniyalik olimlar Antarktidaning 1,5 mln yillik muz bo‘lagini eritishga kirishdi

Tadqiqot uchun muzliklardan silindr va to‘rtburchak shaklda namunalar burg‘ilab olingan bo‘lib, ular Kembrijga olib kelingan.

Batafsil — https://daryo.uz/PtMPMV3X

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
Polsha Vengriya bilan diplomatik aloqalarni qisqartirdi

Polshaning Budapeshtdagi elchisi 15-iyuldan boshlab faoliyatini to‘xtatgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PhnnIFK3

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
“Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

Prezident 6 oy ichida Ukrainada ishlab chiqariladigan harbiy texnika miqdori 50 foizga oshishini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/Ph8A4RkD

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

Bolaning onasi va akasi giyohvand moddalarga ruju qo‘ygani aniqlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/PhqAVPSY

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

O‘rmon yong‘inlari mintaqadagi kuchli jazirama sabab yuzaga kelmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/PVrkIsAU

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
🔥1
Yevropa Ittifoqi byudjetining 20 foizi Kiyevga yo‘naltiriladi — DW

Rasmiy Budapesht Yevropa komissiyasining 2028—2034-yillarga mo‘ljallangan yangi byudjet bo‘yicha taklifini o‘rganib chiqib, shunday xulosaga kelgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PVq1sX2F

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Kim Chen In ochilganiga uch hafta ham bo‘lmagan turistik kurortni xorijliklar uchun yopdi

O‘tgan ikki hafta mobaynida kurortga faqat shimoliy koreyaliklar va rossiyaliklarning kichik guruhi tashrif buyurgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PMCGO0w5

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Qozog‘istonda xotinini 10 yil davomida urib kelgan sobiq diplomat 6 yilga qamaldi

Mahkum turmush o‘rtog‘iga qarindoshlari va dugonalari bilan muloqot qilishini taqiqlagan, uning qo‘ng‘iroqlari va yozishmalarini nazorat qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/P8xXjP0k

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

Kompaniya allaqachon kemada kuchaytirilgan tozalash choralarini ko‘rgan. Kasallangan yo‘lovchilar izolyatsiya qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/P8hAqBZC

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

Chiqarib yuborilganlar orasida 12 qotil va 17 jinsiy zo‘ravonlik uchun hukm qilingan, shuningdek, boshqa zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etgan qirqdan ortiq xavfli jinoyatchi bor.

Batafsil — https://daryo.uz/PynI21iR

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

Nikolay Lukashenko bu ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan ilk bor foydalanayotgani yo‘q.

Batafsil — https://daryo.uz/PyqX0P8F

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

Foydalanuvchilarning aksariyati veb-sayt, qidiruv tizimidagi muammolar hamda akkauntga kirishdagi qiyinchiliklarni ta’kidlashmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/PyqAjdyR

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

Bunga nashrning Epshteynning 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan “uyatsiz” tabriknomani tasvirlab bergani va gazeta uning muallifi Tramp deb hisoblashi sabab bo‘lgan.

Batafsil — https://daryo.uz/PchAdq1E

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

Putin taklifni allaqachon qabul qilgan, Tramp esa taxminlarga ko‘ra, yaqin kunlarda rasman taklif etilish ehtimoli mavjud.

Batafsil — https://daryo.uz/PcnArWmL

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

Hozirda 60 yoshli Syoshi Maekava talaba qizni o‘ldirganligi uchun qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Batafsil — https://daryo.uz/PcqAIQb8

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Uch mamlakat prezidenti 31-mart kuni Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

Batafsil — https://daryo.uz/P7VXdwfA

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

Jinoyatchilar Telegram’dan noqonuniy xatti-harakatlar, jumladan, pul yuvish uchun foydalanmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/P7SAUFEv

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world