Daryo — LIVE
67.2K subscribers
50K photos
11.6K videos
67 files
45.6K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Erdo‘g‘on BMT Bosh Assambleyasida Anqara Bokuning Qorabog‘dagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Turkiya prezidenti Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon hududi hisoblanishini ma’lum qildi

@daryo_live
Yerevandagi Armaniston hukumati binosi oldida namoyishga chiqqanlar soni ko‘paymoqda. Politsiya ularni tarqatish uchun shovqinli granatalardan foydalanmoqda

@daryo_live
❗️Ozarbayjon hukumati Qorabog‘dagi Armaniston hukumati taslim bo‘lganidan keyingina muzokaralarga tayyor, deb yozmoqda Reuters Aliyevning yordamchisiga tayanib

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi Armaniston qurolli kuchlarining 60 dan ortiq jangovar pozitsiyalari armiya nazoratiga o‘tganini ma’lum qildi

@daryo_live
Qirg‘izistonda deputat geografik nomlarga odamlar ismini qo‘llamaslikni taklif qildi

“Qanchalik ulug‘ inson bo‘lmasin, tuman va qishloqlarga odamlar nomini berishni to‘xtatishimiz kerak. Hozir hamma shu tufayli raqobatlashmoqda. Bitta maktab qurilayotgan bo‘lsa, to‘rt kishi o‘z otasining ismini bermoqchi”, — dedi deputat Janar Akayev

@daryo_live
💡Toshkent shahrining ikki tumani: Uchtepa va Sergelida 20-sentabr kuni vaqtincha elektr energiyasi oʻchiriladi

@daryo_live
O‘zbekistonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning soni 18 417 nafarga yetdi

Qayd etilishicha, tizimdagi eng katta muammolardan biri bu yolg‘iz keksalar bo‘yicha aniq ma’lumotlarning yo‘qligi bo‘lib qolmoqda.

@daryo_live
Ⓜ️ Toshkent metropolitenida yo‘lovchining tobi qochgani sabab poyezdlar tarkibi kechikdi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro yo‘nalishlarida poyezdlar uzoq vaqtda kelmoqda mazmunidagi xabarlar tarqalgan

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zladi

Ukraina prezidenti nutqidagi asosiy fikrlar:

🔹 Dunaydagi portlar hamon Rossiyaning raketalari va dronlari uchun nishon bo‘lib qolmoqda;
🔹 Rossiya o‘g‘irlab ketgan ukrainalik bolalarga Ukrainadan nafratlanishni o‘rgatadi va ularning oilalari bilan barcha aloqalari uziladi. Bu genotsid;
🔹Har o‘n yilda Rossiya yangi urush boshlaydi.

“Moldova va Gruziya hududining bir qismi bosib olinganligicha qolmoqda. Rossiya Suriyani xarobaga aylantirdi. Agar Rossiya bo‘lmaganida, u yerda hech qachon kimyoviy qurol qo‘llanilmagan bo‘lardi. Rossiya deyarli Belarusni yutib yubordi va Qozog‘iston va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga tahdid solmoqda”, — dedi Zelenskiy

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti doirasida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashdi.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi

Jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilmoqda. Global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar va xalqaro huquq meʼyorlaridan chekinish kuchaymoqda. Va bularning barchasi keng koʻlamdagi keskinlik ortishiga sabab boʻlmoqda”, — dedi davlat rahbari o‘z nutqi avvalida.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xalqimiz paxta qulligidan butkul ozod boʻldi” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari o‘z nutqida oʻzbek paxtasiga boykotlar eʼlon qilingani, mamlakat esa yillar davomida “qora roʻyxat”larga kiritilganini esladi.

Yangi Konstitutsiyamizda majburiy mehnat taqiqlanishi kafolatlab qoʻyildi va buning uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni butun dunyo miqyosida kuchaytirish zarur, deb hisoblayman. Bizning tajribamiz shuni koʻrsatmoqdaki, bunga chek qoʻyish imkoni bor”, — dedi prezident.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: “Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”

Davlat rahbariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligi – mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini taʼminlaydigan eng muhim shartga aylanmoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bizning xalqlarimizni mintaqaviy oʻziga xoslikni anglash tuygʻusi birlashtirmoqda va bu tuygʻu tobora kuchayib bormoqda. Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas!”, — dedi prezident.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev BMT huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish taklifini berdi

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Oʻzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini oʻtkazishni taklif etamiz” — Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbarining qayd etishicha, mamlakatda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetgan.

Biz ‘Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar’ tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz. Birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili Oʻzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini oʻtkazishni taklif etamiz”, — dedi prezident.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin 20 yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin

Jon boshiga suv bilan taʼminlanish darajasi 25 foizga, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda. Agar oʻz vaqtida taʼsirchan choralar koʻrilmasa, ushbu muammolar oqibatlari mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi.

Bu vaziyatdan kelib chiqqan holda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suv resurslari boʻyicha maxsus vakili lavozimi taʼsis etilishini qoʻllab-quvvatlaymiz. Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasini yaratish jarayonida Birlashgan Millatlar Tashkiloti – suv resurslari’ mexanizmini ishga solib, eng ilgʻor texnologiyalarni jalb etish va tatbiq qilish tarafdorimiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Diniy toqatsizlik, islomofobiya holatlariga aslo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti BMT Bosh Assambleyasining sessiyasidagi nutqida soʻnggi paytlarda ayrim mamlakatlarda koʻzga tashlanayotgan diniy toqatsizlik, islomofobiya holatlariga aslo yoʻl qoʻyib bo‘lmasligini qayd etdi.

Davlat rahbari jahon miqyosida dinlararo bagʻrikenglik va hamjihatlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekistonda UNESCO shafeligida Dinlararo muloqot va bagʻrikenglik xalqaro markazini tashkil etishni taklif qilamiz.

2024-yil Oʻzbekistonda ‘Islom – tinchlik va ezgulik dini’ mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish tashabbusini ilgari suramiz”, — dedi davlat rahbari.

@daryo_live
Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori bilan O‘zbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi masalalarini muhokama qildi

Tashkilot bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala JST Kotibiyati Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini hamda mamlakat yaqin kelajakda tashkilotga qoʻshilishiga ishonch bildirdi.

@daryo_live
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, qator masalalarni muhokama qildi. O‘z navbatida Antoniu Guterrish O‘zbekiston prezidentining Bosh Assambleya 78-sessiyasidagi nutqini yuksak baholab, mamlakatda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

@daryo_live
Bugun ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi — “O‘zgidromet”

@daryo_live
❗️Ozarbayjon tomonidan eʼlon qilingan “aksilterror” operatsiyasi oqibatida Togʻli Qorabogʻda 27 kishi halok boʻldi, ulardan ikki nafari tinch aholi, deb xabar bermoqda tan olinmagan respublika ombudsmani Gegam Stepanyan Twitter’da

Unga ko‘ra, yaradorlar soni 200 kishidan oshgan.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoydan Qirg‘izistonga ikkita yangi mobil shifoxona keltirildi. Ularning har biri 19 ta mashinadan iborat

Favqulodda vaziyatlarda jabrlangan fuqarolarga joyida yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ko‘chma shifoxonalardan foydalaniladi.

O‘tgan yili Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Sadir Japarov va Si Szinpin Qirg‘izistonga mashinalarni tekinga berish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

@daryo_live