Daryo — LIVE
63.5K subscribers
56K photos
13.9K videos
73 files
50.1K links
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — https://daryo.uz/uz/p/reklama-zojlastiris
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Ozarbayjon prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga ot sovg‘a qildi

Ilhom Aliyev Turkmaniston Xalq maslahati raisiga “Do‘stlik” laqabli Qorabog‘ tulporini hadya qilgan.

@daryo_live
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar e’lon qilindi.

Uy-joy savdolari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘n foizga oshib, 136 ming 500 xonadonga yetgan.

Iyun oyining o‘zida 21 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu ham o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan uch foizdan ko‘p.

@daryo_live
Ukraina xorijiy qurollarni frontda sinab ko‘rishni taklif qildi

Xorijiy kompaniyalar o‘z qurol-yarog‘larini Ukrainaga yuborib, ularning ishlatilishi bo‘yicha onlayn ko‘rsatmalar taqdim etadi. Ukraina harbiylari esa ularni real jangda qo‘llab, ishlab chiqaruvchilarga hisobotlar beradi.

Bu orqali kompaniyalar qurollarini real vaqt rejimida takomillashtirish va zarur o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

@daryo_live
Daryo — LIVE
“Toshkent shahrida daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak” — Murod Nazarov Tadbirkor fikricha, quruvchi korxona zimmasiga kesilgan daraxt oʻrniga yangilarini ekishni yuklash kerak. Ekilgan daraxtlar hokimiyat balansiga oʻtkaziladi. @daryo_live
Ekopartiya Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklovni olib tashlashga qarshi chiqdi

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi olti oyi davomida daraxtlarni kesish bo‘yicha kelib tushgan 3 235 ta ariza rad etilgani natijasida 453 238 ta daraxtni kesishning oldi olingan. Rad etilgan arizalarda ko‘rsatilgan daraxtlar orasida 86 309 tasi qimmatbaho navlarga mansub bo‘lgan.

@daryo_live
Daryo — LIVE
Ekopartiya Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklovni olib tashlashga qarshi chiqdi Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi olti oyi davomida daraxtlarni kesish bo‘yicha kelib tushgan 3 235 ta ariza rad etilgani natijasida 453 238 ta daraxtni kesishning…
“Moratoriy joriy etilmaganida, bugungi kunda biz cho‘lda qolgan bo‘lardik” — deputat Javlon Abdullayev

“Alohida ta’kidlash lozim, suv tanqisligi va global issiqlik kabi muammolar yurtimizda kun sayin sezilarli tus olayapti. Bu holatda kelajak avlod uchun har bir daraxtni asrab qolishimiz o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bitta daraxtni katta qilib o‘stirish uchun kamida o‘n yillab vaqt, sabr va doimiy parvarish talab etiladi”, dedi Ekopartiya deputati.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik sabab bir sutkada 63 kishi halok bo‘lib, 290 kishi jarohatlandi.

@daryo_live
“Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymaydi ham” — Erdo‘g‘on

Turkiya prezidenti mintaqadagi, xususan, Suriyadagi vaziyatga munosabat bildirdi.

Turkiya Suriyaning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan va qo‘ymadi ham. Isroilning arqonidan ushlab quduqqa tushganlar ertami-kechmi qanday jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini tushunadi. Isroil qoidalarga bo‘ysunmaydigan, prinsipsiz, erka va umidsiz terrorchi davlat, degan Turkiya rahbari.


@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida yuzlarini yashirgan uch kishi to‘lov terminalini o‘g‘irladi

Holat yuzasidan o‘g‘rilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama issiq bo‘ladi

Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda issiq biroz pasayishi mumkin.

@daryo_live
Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi

Hozirda holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live
🚇 Toshkent metropoliteniga 2026-yil yakunigacha 14 ta yangi poyezd olib kelinadi

Metropoliten uchun 5 yil ichida 41 ta poyezd olib kelinib, metro vagon parkining 50 foizdan ziyod poyezdlari yangilangan.

Hozirda foydalanilayotgan eski turdagi poyezdlarni sovitish tizimi bilan jihozlash imkonsiz.

@daryo_live
“Bojxona — mamlakat darvozasi”. Dildora Nezametdinova bilan samimiy suhbat

“Ko‘chada oddiy odam bilan gaplashish boshqa, chegara postida rasmiy muloqot boshqa. Biz fuqarolarning fikr-mulohazalari orqali ularning dunyoqarashini, voqelikka munosabatini kuzatamiz”, deydi qahramonimiz.

@daryo_live
🎥 “Daryo” hafta tahlili: Suriyani bombardimon qilayotgan Isroil, AQSH bilan “mega kelishuv” arafasidagi Ukraina

Asosiy mavzular:
— Druzlar kim, Isroil nega ularni qo‘llamoqda?
— Suriya fonida Isroil va Turkiya o‘rtasidagi geosiyosiy kurash.
— Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush holati.
— O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida imzolangan temiryo‘l kelishuvi.

🎙 Ekspertlar: Ravshan G‘oziyev va Bektosh Berdiyev

📹 JONLI EFIRNI KO‘RISH

🌟 Mavzular bo‘yicha savollaringizni video izohida yozib qoldiring. Qiziqarli savollarga ekspertlarimiz bilan birgalikda javob beramiz.

@daryo_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Koreyaga yana 6 bosh xizmat itini eksport qildi

Itlar labrador zotiga mansub bo‘lib, Milliy kinologiya markazida tayyorlangan. Hozirgacha markazda yetishtirilib, giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishida tayyorlangan va Koreyaga yuborilgan xizmat itlari soni 12 taga yetdi.

@daryo_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda ijaradagi uyida “Poker” o‘yinlarini tashkil etgan xorijlik fuqaro ushlandi

Voqea joyidan uchta o‘q otar qurol 193 ta 12 kalibrli patronlar, qo‘l kishani,  ikkita elektroshoker, 105 ta bug‘u shoxlari, oq ayiq terisi va kallasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

@daryo_live
Andijonda transformator chaqnashi oqibatida 4 yoshli qizchaning yuzi kuyib ketdi

U mushugini eshik ortidan poylab turgan bo‘lgan.

@daryo_live
Toshkent shahridagi holat

O‘tgan yilga nisbatan narxlar deyarli besh foizga pasaygan. Yangi qurilgan uylar segmentida ham pasayish kuzatilgan, ammo bu faqat ikki foiz atrofida.

Ikkilamchi bozorda eng katta tushish Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilgan.

Yangi qurilgan uylar esa Uchtepa, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida sezilarli arzonlashgan.

@daryo_live