Progressiv islohotlar markazi
1.12K subscribers
440 photos
143 videos
416 links
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
Download Telegram
Jenevada "WSIS+20" sammiti boshlandi

7-iyul kuni Jenevada Axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Butunjahon sammiti (WSIS+20) rasman boshlandi. Ochilish marosimida global yetakchilar, fuqarolik jamiyati vakillari va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdilar.

Sammitda 10-iyul kuni Progressiv islohotlar markazi tomonidan “O’zbekistonda media va AKTni rivojlantirish: Raqamli inklyuziya va infratuzilmani kuchaytirish” mavzusida maxsus panel sessiyasi tashkil qilinadi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
🔥5👍3❤‍🔥2
PIM va GCSP: Jenevada amaliy hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

📍"WSIS+20" sammiti doirasidagi rasmiy panel muhokamalaridan tashqari, Progressiv islohotlar markazi (PIM) Jenevada faoliyat yurituvchi yetakchi xalqaro va nodavlat institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida bir qator uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.

🤝Ushbu tashabbusning ilk qadami sifatida delegatsiya Jeneva xavfsizlik siyosati markazi (GCSP) ijrochi direktori, YXHTning sobiq raisi Tomas Greminger bilan uchrashdi. Muloqot davomida mintaqaviy barqarorlik, fuqarolik jamiyatining ahamiyati hamda salohiyatni oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
5🔥2❤‍🔥1🏆1
Progressiv islohotlar markazi siyosiy tahlilchilari Otabek Akromov va Alouddin Komilovning "Markaziy Osiyo: Ikki o‘t orasida" nomli maqolasi nufuzli The National Interest jurnalida chop etildi.

📌Maqolada Isroil va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik Markaziy Osiyo davlatlarining strategik mustaqilligiga qanday xavf solayotgani, ularning ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosatini qanday murakkablashtirayotgani yoritiladi.

👉Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
32👏1
Jenevaga tashrif doirasida 8-iyul kuni Progressiv islohotlar markazi (PIM) Shveysariyaning "PeaceNexus" xususiy jamg‘armasi vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni sarhisob qilish va yanada izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Muhokama markazida bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar:

🔹Boshqaruv va institutsional islohotlar sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar;
🔹Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ijtimoiy ta’lim va inklyuziv jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar;
🔹 Shaffoflik, jamoatchilik ishtiroki va institutsional barqarorlik bo‘yicha kelgusidagi qo‘shma loyihalar.

Suhbat davomida O‘zbekistonda barqaror va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan islohotlarni ilgari surishda fuqarolik institutlarining o‘rni muhimligi yana bir bor ta’kidlandi. PIM va PeaceNexus shaffoflik, ochiqlik va innovatsiyalar bo‘yicha umumiy missiyaga muvofiq uzoq muddatli hamkorlikka intilmoqda.

📌Samarali islohotlar jamoaviy sa’y-harakatdir va bunday xalqaro hamkorlik bizga yanada inklyuziv kelajakni shakllantirishga yordam beradi.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
3🔥2❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 "WSIS+20": Sammit jarayonlari qanday davom etmoqda?

"WSIS+20" — Axborot jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Butunjahon sammiti bo‘lib, u raqamli tafovutni bartaraf etish, internet erkinliklarini himoya qilish va texnologik taraqqiyotni inson qadriyatlariga moslashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Sammit davomida yuqori darajadagi sessiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar, hamkorlik tashabbuslari va ekspertlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Progressiv islohotlar markazi delegatsiyasi ham "WSIS+20" sammiti doirasidagi muhokamalarda faol ishtirok etib, raqamli siyosat, axborot xavfsizligi va raqamli imkoniyatlardan teng foydalanish kabi yo‘nalishlarda o‘z pozitsiyasini bildirmoqda.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
4👍1🔥1
📢"WSIS+20" sammitida bugun PIM sessiyasi

Jenevada davom etayotgan "WSIS+20" yuqori darajadagi sammitda ilk bor bugun Yevropa vaqti bilan 11:00 da Progressiv islohotlar markazi tomonidan “O’zbekistonda media va AKTni rivojlantirish: Raqamli inklyuziya va infratuzilmani kuchaytirish” mavzusida maxsus panel sessiyasi o‘tkaziladi.

PIM direktori Mirshohid Aslanov, PIM markazi direktor o‘rinbosari Qadambay Sultanov va “Digital Generation Uzbekistan” koordinatori Ummatoy Yuldasheva ushbu panel sessiyasida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etadilar.

📌Sessiyada yurtimizda raqamlashtirish sohasidagi yutuqlar, kuchli axborot jamiyatini shakllantirish hamda O‘zbekistonning bu boradagi milliy tajribasi muhokama qilinadi.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
❤‍🔥2👍1
Markaziy Osiyo: Shengen vizasiga talab ortmoqda

So‘nggi 10 yilda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda Shengen vizasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Soʻnggi 3 yil davomida Shengen vizasi boʻyicha rad etishlari soni deyarli oʻzgarishsiz qolmoqda. 2024-yilda rad etishlari soni 2023-yilga nisbatan biroz kamaygan.

📊 Ushbu tendensiyalar PIM tomonidan tahlil qilindi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍4
O'zbekiston fuqarolik jamiyati vakillari “WSIS+20” sammitida ilk bor ishtirok etdi. Ular axborot makonini rivojlantirish, raqamli ishtirokchilikni kengaytirish va boshqaruvda shaffoflikni mustahkamlash bo‘yicha fuqarolik jamiyatining roliga bag‘ishlangan maxsus panel sessiyasini tashkillashtirdi.

Sessiyada “GIGA” tashabbusi vakillari, BMT mutaxassislari, “Women and Youth Advancement” tashkiloti rahbarlari va “Dubai Security Circle” ekspertlari O'zbekiston tajribasi va fuqarolik jamiyatining raqamli transformatsiyadagi o‘rnini qiziqish bilan muhokama qildi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
4❤‍🔥1👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CPR Talks’ning navbatdagi sonida Otabek Akromov ayollar va bolalar huquqlari boʻyicha jamoatchilik faoli – Aqida Hanum bilan feminizm atrofidagi stereotiplar, gender tengligining mohiyati va bu mavzuning jamiyatda nega bahsli bo‘layotgani haqida suhbatlashdi.

👉To‘liq suhbatni tomosha qilish

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
4🔥2❤‍🔥1👍1
Markaziy Osiyo pasportlari kuchaymoqda — kim yetakchi?

So‘nggi 5 yilda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston pasportlari xalqaro reytingda sezilarli siljishga erishdi. O‘zbekiston pasporti 2021-yilda 92-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda 77-o‘ringa ko‘tarildi. Qirg‘iziston ham ayni reytingda turibdi. Qozog‘iston esa hozircha mintaqada eng kuchli pasportga ega — 67-o‘rin.

📊 Ushbu o‘zgarishlar PIM tomonidan Henley Passport Index asosida tahlil qilindi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CPR Talks’ning navbatdagi sonida Otabek Akromov Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) boʻlim boshligʻi Shahzod Nazarov bilan migratsiya turlari, oqimi va ko‘payishining sabablari haqida suhbatlashdi.

👉To‘liq suhbatni tomosha qilish

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
❤‍🔥31👍1
Markaziy Osiyo: Global tinchlik indeksi 2025 tahlili

2025-yilda O‘zbekiston Global Tinchlik Indeksida 67-o‘rinni egallab, o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanishga erishdi. GPI ballarining pasayishi mamlakatdagi tinchlik darajasining oshganini ko‘rsatadi.

📊 Ushbu tendensiyalar PIM tomonidan tahlil qilindi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
2🔥21