Computer_simulations_Uz
541 subscribers
468 photos
81 videos
89 files
400 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
🌟 VISIT TO THE GENOMICS AND BIOINFORMATICS CENTER 🌟

I’ve been planning to visit the center and get a closer look at its activities. Yesterday, I finally had the opportunity! 🏛
The meeting started with the center’s director, Prof. Zabardast Buriev, who shared insights about the ongoing scientific work. 🧬🔬 Then, I delivered a lecture to the staff on "Plasma Agriculture: Current Challenges and Future Prospects." 🌱⚡️ Additionally, I presented the potential of computer modeling. 💻📊
The staff had many new ideas to explore, and the Q&A session lasted quite a while. 🗣💡 We also clarified topics for potential collaboration. 🤝
Later, we toured the laboratories with the institute’s staff. 🚶‍♂️🔍 The center is equipped with state-of-the-art facilities, and incredible research is being conducted. 🏆🔧
I’m hopeful that our collaboration will lead to new scientific discoveries! 🌠🔬
🔥6👍5
🔬 Mahalliy ilm-fan hamkorligining yana bir yutug‘i! 🎉

2022-yilda Fanlar akademiyasi Biorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi Muzaffar Qayumov bilan kompyuter modellashtirish ishlarini boshladik. Institut olimlari Rutan dorisini sintez qilib, uni COVID-19 virusiga qarshi eksperimental sinovdan o‘tkazishgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Rutan virus faolligini samarali ravishda to‘xtatdi! 🦠

Biz esa Rutan hosilalarini 3CL proteaz oqsili bilan docking qilib, ularning bog‘lanish erkin energiyasini hisobladik. Hisob-kitob natijalari eksperimental ma'lumotlar bilan mos keldi, molekulyar mexanizm aniqlandi! 🔬📊

Bugun ushbu muvaffaqiyatli ilmiy tadqiqotimiz Frontiers in Pharmacology jurnalida chop etildi! 🎉

Bu mahalliy ilmiy hamkorlikning ajoyib natijasi, ayniqsa Muzaffar Qayyumovning sabr-toqat bilan modellashtirishni o‘zlashtirib, yaxshi natijaga erishgani e’tiborga loyiq.

Shuningdek, hamkorimiz Parthiban Marimuthuni va butun jamoani ushbu yutuq bilan tabriklayman! 🎊👏

📖 Batafsil o‘qish uchun (maqola open access): https://www.frontiersin.org/journals/pharmacology/articles/10.3389/fphar.2025.1518463/full
👍8🔥3👏2
📢 Ilmiy hamkorlik va yangi yutuq! 🎉🔬
Belgiya Qirolligidan O‘zbekistonga qaytganimdan so‘ng, ilk ilmiy hamkorlikni Toshkent farmasevtika instituti jamoasi, xususan, Prof. Avez Sharipov bilan boshladim. Institutda Prof. Nodirali Normakhamatov boshchiligida saratonga qarshi samarali tabiiy birikmalar olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. 🌿💊
Institut mutaxassislari o‘simliklardan biopreparatlar ekstrakti olib, ularni turli kasalliklarga qarshi dori sifatida sinovdan o‘tkazmoqda. Hozirda biz saraton hujayralarida ortiqcha ekspressiya bo‘ladigan aquaporin (AQP) kanallariga samarali ingibitorlarni topish ustida ish olib bormoqdamiz. AQP bloklanganda, saraton hujayralari proliferatsiyasi to‘xtatilgani ilmiy jihatdan isbotlangan.
Biz ham ushbu yo‘nalishda chop etilgan ilmiy maqolalarni chuqur o‘rganib, tahliliy maqola tayyorladik, va "The Natural Products Journal"da chop etildi! 🎊📚
Bu tadqiqotga katta hissa qo‘shgan barcha hamkasblarga minnatdorchiligimni bildiraman:
🙏 PhD Sunnatullo Fazliev, Dr. Shokhid Gulyamov, Prof. Avez Sharipov va Prof. Nodirali Normakhamatov
🔗 Maqola havolasi: https://www.eurekaselect.com/article/146264
👍7
1-s2.0-S2351979714000838-main.pdf
261.1 KB
How to publish a scientific manuscript in a high-impact journal.
👍7🔥2