Computer_simulations_Uz
546 subscribers
457 photos
81 videos
89 files
398 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
Shogirdim Rasul Mashalovga ilmiy faoliyatidagi yangi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! 🎓🚀
Rasulbek 2022-yildan beri loyihalarimda ishlab kelgan. Bu vaqt davomida u molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi va biz birgalikda ilmiy maqolalar chop etishga ham muvaffaq bo'ldik (Journal of Structural Biology IF-3.0, Frontiers in Physics IF-2.1). 🔬 O'zining ilmga bo'lgan intilishi va tinimsiz mehnati bilan u magistraturani endilikda Yevropaning eng qadimiy va nufuzli oliygohlaridan biri bo'lgan Debretsen Universitetida (University of Debrecen, 1538-yilda asos solingan) davom ettirmoqda.
U Vengriyaning nufuzli Stipendium Hungaricum 🇭🇺 davlat grantini to'liq qo'lga kiritdi.
Rasulbek universitetda "Kompyuter Injiniringi" (Computer Science Engineering) 💻 kabi zamonamizning eng talabgir va murakkab sohalaridan birida o'z bilimlarini chuqurlashtiradi.
Biz – ustozlari uchun unga shunday ishonch bildirilgani va Yevropaning ilg'or ta'lim tizimiga qabul qilingani katta iftixordir!
Uning yangi bosqichdagi yutuqlarga erishishiga va yaqin kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o'zining munosib hissasini qo'shadigan yetuk kadr bo'lib yetishishiga ishonamiz.
#StipendiumHungaricum #DebrecenUniversity #Hungary #Uzbekistan #ComputerScience #motivation
👍29