Computer_simulations_Uz
546 subscribers
457 photos
81 videos
89 files
398 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
MIT dan qimmatbaho sovg‘alar! 🎁
Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) dan ajoyib sovg‘alar yetib keldi! 🎓 O‘tgan yili Dr. Erkin S Kurganov bilan birga Scientific Reports jurnalida ilmiy maqola chop etgan edik. U MIT va Garvardning Broad Institutida tadqiqotchi bo‘lib ishlaydi. Ushbu sovg‘alar talabalarim ayniqsa, Muhriddin Mahkamov uchun katta motivatsiya bo‘ladi.
Katta rahmat, minnatdorman Erkin! 🙌 Hamkorligimiz allaqachon yaxshi natijalar berdi, va ishonamanki, bu yil yanada samarali bo‘ladi. Uzoq yillik hamkorligimiz davom etishiga umid qilaman! 🤝🔬
🔥7👍2
🌟 Navbatagi lmiy safar 🇫🇮!
Finlandiyaning Abo Akademi Universitetiga Professor Outi-Salo Achen taklifiga binoan bir oy davomida ilmiy safarga boraman. Ilg‘or Texnologiyalar Markazidagi "Inson va hayvonlarning patologik holatlari va kasalliklarining in silico imutatsion modellarini ishlab chiqish" nomli amaliy loyiha rahbari sifatida Abo Akademi olimlari – Dr. Phartiban Marimuthu va Prof. Outi Salo-Ahen bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdaman. 🧪 Bu hamkorlik natijasida 6ta nufuzli jurnallarda qo‘shma maqolalar chop etildi. 📚
Safarda saraton, Parkinson, Altsgeymer va Xantington kabi nevrologik kasalliklarga qarshi samarali dori vositalarini bashorat qilish uchun dorilarni qayta yo'naltirish (Drug repurposing) texnikasidan foydalanib kompyuterda modellashtirish ishlarib olib boriladi. Avvalgi tadqiqotlarimizdan birida glioblastomaga qarshi FDA tomonidan tasdiqlangan 1379 dori ichidan eng samarali 4 tasini aniqlagan edik. Ushbu dorilarning ta’siri in-vitro tajribalarda ham o‘z tasdig‘ini topgan edi. Bu safar sarcoma va ko‘krak saratoni bo‘yicha tadqiqotlarga e’tibor qaratamiz.
🔥15👍10
🇺🇿 Abo Akademi Universitetida qisqa muddatli ilmiy safar boshlandi! 🎓🤝
Abo Akademi Universiteti olimlari bilan uchrashdim. 🔬 Hamkorlik yuzasidan batafsil suhbatlashib, kelgusi rejalarimizga oydinlik kiritdik. 🎯 Sovg‘alar ham topshirildi. 🎁
Kelishilgan loyihalar ustida ishlarni boshlab yubordik! 🚀 Talabam Muhriddin olgan boshlang'ich natijalar ko'ngildagiday. Birgalikda ilmiy jurnallarda maqola tayyorlaymiz. Ilm-fan rivoji yo‘lida hamkorligimiz bardavom bo‘lishiga ishonaman!
👍16🔥2