Computer_simulations_Uz
541 subscribers
468 photos
81 videos
89 files
400 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
https://sciforum.net/event/ApplSci-19?subscribe&section=#welcome - Sovuq atmosferik plazma yordamida saratonni davolash: expert olimlardan taqdimotlar bo'ladi. Professor Michael Keidar (AQSh) - sohaga birinchilardan bo'lib kirib kelgan. Professor Evelien Smits (Belgiya) bilan Antverpen universitetida birga ishlaganmiz (birgalikda maqolalarimiz bor). Professor Sander Bekeschus (Germaniya) guruhidagilar bilan ham hamkorlikda maqola chop etganmiz. Professor Nagendra Kumar Kaushik (Janubiy Korea) - bilan yaqindan yamkorligimiz bor. Fevral oyida Kwangwoon universitetiga ilmiy safar uyushtiramiz.
🔥3👍1
Institutimiz kichik ilmiy xodimi Davronjon Abduvoxidovdan DFTB+ dasturiy paketidan foydalanish bo'yicha batafsil tutorial: https://www.youtube.com/watch?v=ItyB9O6ZAOI
👍10🔥2
[Uz]🌟 Hayot saboqlari: O‘zingizni baxtli qiladigan ishlar bilan shug'ullaning! 🌟
Ushbu so‘zlarni diqqat bilan o'qing:
1️⃣ Agar vazningiz ortsa, odamlar sizni ko‘p yeydi, deb o‘ylaydi.
2️⃣ Agar ozsangiz, kasalsiz, deb o‘ylashadi.
3️⃣ Agar chiroyli kiyinib yursangiz, o‘zini ko‘rsatmoqda, deyishadi.
4️⃣ Agar oddiy kiyinib yursangiz, kambag‘al deyishadi.
5️⃣ Agar o‘z fikringizni bildirsangiz, qo‘pol, deyishadi. Bildirmasangiz, qo‘rqoq hisoblashadi.
6️⃣ Agar muvaffaqiyatli bo‘lsangiz, takabbur deyishadi.
7️⃣ Agar qiynalayotgan bo‘lsangiz, dangasa deyishadi.
8️⃣ Agar halol bo‘lsangiz, sodda ishonuvchan deyishadi.
Ko‘rdingizmi, nima qilsangiz ham, odamlar sizni tanqid qilishdan charchamaydi. Shuning uchun, o‘zingizni baxtli qiladigan ishlarni qiling, orzularingizni amalga oshiring va hayotingizni har kunini yuksalish bilan bunyod eting. 💪 D. Washington!!!
[En] 🌟 Life Lessons: Do What Makes You Happy 🌟
Read these words carefully:
1️⃣ If you gain weight, people think you eat too much.
2️⃣ If you lose weight, people think you're sick.
3️⃣ If you dress well, you're showing off.
4️⃣ If you dress simply, you're poor.
5️⃣ If you speak your mind, you're rude. If you don't, you're a coward.
6️⃣ If you're successful, you're arrogant.
7️⃣ If you're struggling, you're lazy.
8️⃣ If you're honest, you're naive.
No matter what you do in life, people will always criticize you. So, do whatever makes YOU happy, fulfill your dreams, and build your ideal life step by step, one day at a time. 💪D. Washington!!!
👍19
Xitoyliklar delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.
🔥7
[Uz]🌟 Ilmiy guruhimizdan ajoyib yangilik! 🌟
Bu yil PhD studentim Namuna Nabiyeva bizning guruhimizga qo‘shilib, ilk bor kompyuter simulyatsiyalari sohasida o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu yo‘nalishda yangi bo‘lishiga qaramay, u "Plasma Science and Technology" jurnalida maqola chop etishga muvaffaq bo‘ldi! 🎉
Bizning birinchi Reaktiv Molekulyar Dinamika bo‘yicha tadqiqotimiz nashr etildi! 🙌 Ushbu ish Dr. Tohir Akramov va kichik ilmiy xodim Davronjon Izzatulla Õğli bilan birgalikda olib borildi.
🔬 Tadqiqotda Sovuq Atmosferik Plazma (SAP) texnologiyasidan organik bo‘yoqlarni degradatsiya qilish uchun foydalanishning molekulyar darajadagi mexanizmlari o‘rganildi. DFTB asosidagi kvant kimyoviy simulyatsiyalar yordamida vodorodni ajratib olish, benzol halqasini ochilishi va xromofor guruhini modifikatsiyalash kabi jarayonlar aniqlangan bo‘lib ular chiqindi suvni tozalash tizimlarini takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega.
📖 Maqolamiz quydagi havolada keltirilgan: https://iopscience.iop.org/.../10.1088/2058-6272/ada21e/pdf
[En] 🌟 Exciting News from Our Research Group! 🌟
This year, my PhD student Namunakhon Nabieva joined our group, stepping into the world of computer simulations for the first time. Despite being new to the field, she achieved an incredible milestone by publishing a paper in the journal of Plasma Science and Technology ! 🎉
Our first research in Reactive Molecular Dynamics is now published! 🙌 This work was a collaborative effort with Dr. Tohir Akramov and junior researcher Davronojon Abduvokhidov, who contributed immensely to this success.
🔬 The study explores Cold Atmospheric Plasma (CAP) technology for degrading organic dyes and reveals molecular-level insights using DFTB-based quantum chemical molecular dynamics. The findings highlight key mechanisms like hydrogen abstraction, benzene ring opening, and chromophoric group modification, which are crucial for improving wastewater treatment systems sustainably.
👍13🔥3
👏5🔥1
🌟 2024-yil sarhisobi: Yutuq va Rivojlanish Yili 🌟
2024 yil ilmiy guruhimiz uchun yutuq va muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘ldi!
Plazma qishloq xo‘jaligida bug‘doy, paxta va sholi ustida o‘tkazilgan tajribalarimiz kutilganidan ziyod natijalar berdi, hosildorlik 9% dan 25% gacha oshdi. Fermerlar va klasterlardan ko'plab takliflar tushmoqda va hamkorlik ustida ishlayapmiz.
Yil boshida 15 ta ilmiy maqola chop etishni rejalashtirgan edik, hozirda 19 ta maqola chop etildi, shunday 2 tasi jurnallarni 2025 yilgi sonida nashr etiladi.
Finlandiya (Turku – Åbo Akademi universiteti), Indoneziya (Bogor – IPB universiteti), Xitoy (Pekin – ICOPS2024), Turkiya (Istanbul – Yeditepe universiteti), va Malayziyaga (Malakka – AAPPS-DPP2024) ilmiy safarlar bilan tashrif buyurdik va konferensiyalarda qatnashdik.
Jamoamizga 3 ta PhD, 1 ta DSc va 1 ta stajor qo‘shildi. 4 bakalavr talabamiz magistraturaga qabul qilindi. Kelgusi yilda 3 ta PhD himoyasi rejalashtirilmoqda.
2025-yilni quvonch va umid bilan qarshi olar ekanmiz, barchangizga sog‘lik, baxt, omad va yangi imkoniyatlar tilayman! Yangi yilni birgalikda yutuqlar, innovatsiyalar va katta muvaffaqiyatlar bilan kutib olaylik! 💡🚀
Yangi yil siz va oilangiz uchun baxtga to‘la bo‘lsin! 🎉
👍12👏3