Computer_simulations_Uz
546 subscribers
457 photos
81 videos
89 files
398 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
👍16🔥8
📍 Eindhoven Texnologiyalar Universitetida Ilmiy Safarda 🇳🇱🔬
Hozirda Eindhoven Technical University (TU/e) da ilmiy safardaman. Bu universitet yillik 350 million dollarlik byudjetga ega, yana 100 millionga yaqin mablag' sanoat bilan hamkorlik orqali keladi 💼💡.
🌍 TU/e muhandislik yo‘nalishida dunyo reytingida 85-o‘rinda, umumiy reytingda esa yuqori o‘rinlarni egallagan: ▪️ QS: 136, ▪️ THE: 185. So‘nggi 12 yil ichida kampus juda o‘zgarib, kengaygan, talabalar soni esa muhandislarga bo‘lgan ehtiyoj ortgani uchun yildan-yilga oshmoqda.
👨‍🔬 Menga ilmiy rahbarlik qilgan Prof. Paul van der Schoot — "Theory of Polymers and Soft Matter" yo‘nalishida dunyoga tanilgan olimlardan biri. Science (IF-47), Nature Nanotechnology (IF-38), JACS (IF-14.5) kabi nufuzli jurnallarda maqolalari chop etgan. U bilan uzoq suhbatlashdik, birga tushlik va kechki ovqat paytida ilmiy va turli mavzularda fikr almashdik. Har ikkalamiz bu uchrashuvdan xursand bo‘ldik.
📢 TU/e dagi guruhga plazma yordamida saraton terapiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz va Institutimizdagi faoliyat haqida ma’ruza qildim. Qiziqarli savol-javoblar bo‘ldi. 🇺🇿 So‘ng ishtirokchilarni Kokand holva bilan mehmon qildim — hammaga juda yoqdi 😊
🔧 Shuningdek, Ana Sobota — plazma reaktorlarini dizayni va amaliyoti bilan shug‘ullanadi. U bilan hamkorlik haqida kelishib oldik.
🔍 Umuman olganda, safar juda konstruktiv va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tmoqda. 🌐🤝
👍8🔥4
📍 Belgiya va Niderlandiya chegarasida! 🇧🇪🇳🇱
Hozir ajoyib joyda turibman — bir oyog‘im Belgiyada, ikkinchisi esa Niderlandiyada!
Bu yerda chegaralar oddiy chiziq bilan belgilangan, hatto binolar, do‘konlar va uylarning ichidan ham o‘tgan.
Shunday do‘konlar borki, kiraverish eshigi Belgiya tomonida, kassasi esa Niderlandiyada joylashgan! Har bir qadam bilan davlat o‘zgarayotgandek tuyuladi!
Bunday geografik noan’anaviylik turizm uchun ham, tarixiy va madaniy o‘rganishlar uchun ham juda qiziqarli.
🗺️ Baarle-Hertog va Baarle-Nassau — dunyodagi eng murakkab chegaralardan biri, ammo shu bilan birga eng tinch va hamkorlikdagi chegaralardan ham biridir. 🌍🤝
👍8👏2🔥1
👍13🔥4👏1