ITMA Chust IM Yangiliklar kanali
1.32K subscribers
5.5K photos
283 videos
14 files
827 links
PTMA Chust ixtisoslashtirilgan maktabi
Download Telegram
#Dolzarb_90_kunlik

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida dolzarb 90 kunlik doirasida toʻgaraklar faoliyati davom etmoqda.

Telegram Instagram Facebook
👍97😢2🏆2🍓1
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🏆1
Namanganlik o‘quvchilar xalqaro yoshlar forumida qatnashmoqda

Joriy yilning 22-24-iyul kunlari Janubiy Koreyadagi Geongsangbuk-do provinsiyasi taʼlim boshqarmasi tomonidan global fuqarolik taʼlimi bo‘yicha xalqaro yoshlar forumi o‘tkazilmoqda.

◀️Mazkur forumda uch nafar namanganlik o‘quvchilar - Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan Shahzoda Abdullayeva, Zilolaxon Jo‘rayeva va Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan Lochinbek Sodiqjonov ishtirok etmoqda.

➡️Shuningdek, tadbir doirasida “Xvaran” taʼlim markazi, Kyondju milliy muzeyi hamda ekspo markazlarga sayohatlar uyushtirish ko‘zda tutilgan.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🏆74🔥3🍓1
Forwarded from Jo‘rabek Jangirov
#eslatma
#imtihon_2025

🔔 IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

7-, 8-, 9-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kunigacha;

📶 10-, 11-, 12-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 1-avgust kunigacha;

🔺 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 2-avgust kunigacha eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.


🔎 12-iyul kuni boʻlib oʻtgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabining 1-bosqich kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi.

📝Prezident maktablariga 6-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

🏛 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍146🏆1
❗️826 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
#abituriyent

Bu shubhasiz, rekord natija. Hatto bunkerlar gullab-yashnab, abituriyentlar o‘rniga professional ustozlar testlarni yechib bergan davrlarda ham maksimal ball olganlar soni bunchalar ko‘p bo‘lmagandi, adashmasam. Yoshlarimizga qoyil!

Albatta, maksimal ball to‘plashda xalqaro va milliy sertifikatlarning tan olinishi ham katta rol o‘ynamoqda. Ammo sertifikatni ham ashula aytgani yoki raqs tushgani uchun emas, bilimi borligi uchun berishadi. Ya’ni sertifikati bor abituriyentda yetarli darajada bilim bor degani. Bu meni juda xursand qiladi. Yana bir bor ilmga chanqoq yoshlarimizga qoyil!

Eng ko‘p maksimal ball biologiya+kimyo fani majmuasida (tibbiyot yo‘nalishi desak ham bo‘ladi), undan keyin ingliz tili+ona tili fanlari majmuasida (ingliz tili filologiyasi yo‘nalishi).

Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:

🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida (259 nafar)


O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 18 nafar
Qoraqalpoq tili: 14 nafar

🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida (234 nafar)

O‘zbek tili: 227 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida (146 nafar)

O‘zbek tili: 145 nafar
Rus tili: 1 nafar

🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida (139 nafar)

O‘zbek tili: 133 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar

🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida (26 nafar)

O‘zbek tili: 22 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar

🔹Ona tili va adabiyot + chet tili fanlari majmuasida (16 nafar)

O‘zbek tili: 9 nafar
Rus tili: 4 nafar
Qoraqalpoq tili: 3 nafar

🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida (5 nafar)

O‘zbek tili: 5 nafar

🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida (1 nafar)

O‘zbek tili: 1 nafar

ℹ️ Izoh: yuqoridagi ro‘yxatga “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilarining natijasi kiritilmagan, chunki ular uchun alohida kvota beriladi.


🔘 @xushnudbekuz
12👍4🔥2🏆2
🎙 Abituriyentlarni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan jonli efir

Bugun, soat 18:00 da.

Abituriyentlar tomonidan qabul jarayoniga oid juda ko‘p savollar berilayotganini inobatga olib, Telegram, Instagram va YouTube orqali jonli efir tashkil qilmoqchiman.

💬 Savollaringizni shu yerga yozib qoldirishingiz mumkin.

Jonli efirni bugun, soat 18:00 dan boshlab, quyidagi sahifalarda tomosha qilishingiz mumkin:

🔹 Telegram

🔹 Instagram

🔹 YouTube


🔘 @xushnudbekuz
👍4🔥3🏆31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Mening maktabimda zo'ravonlik yo'q" mavzusidagi trening mashg'ulotidan videorolik
👍18🏆5🔥4🍓32🙏1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹O‘zligini yo‘qotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan shaxs
👍8🔥4🏆31🍓1
Davlat granti uchun chegara nima degani?
#abituriyent

Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman.

Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin.

Keling, aniq misol bilan tushuntiraman.

• Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 145 ta;
• Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi 10%;
• Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiya kvotasi 550 ta.

Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi.

Bu degani, bitta oliygoh o’zi uchun uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini yurisprudensiya uchun davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi.

Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiyasiga jami 550 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi.

TDYU mana shu 550 ta kvotaning maksimum 10% qismini yurisprudensiya yo’nalishi uchun grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 55 tagacha grant olishi mumkin. Yurisprudensiyaning qolgan 495 ta kvotasi kontrakt bo’ladi.

55 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq.

Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 145 ta grantning 55 tasini TDYU olsa, qolgan 90 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
🏆5👍21
❗️Yuqoridagi xabar tahrirlandi: davlat granti ulushining chegarasi oliygohning jami kvotasidan emas, balki o‘sha OTMdagi yo‘nalishning kvotasidan foiz chiqarilar ekan.

Tushunarli bo‘lishi uchun davlat granti ulushi chegarasiga yana bir misol keltiraman:

• Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi uchun jami davlat granti — 1 ming 580 ta;
• Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili uchun chegara — 15%;
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili kvotasi — 800 ta.

Dastlab “Inyaz”dagi ingliz tili filologiyasi kvotasining 15 foizini hisoblab olamiz: 800 * 15% = 120 ta.

Demak, “Inyaz”dagi ingliz tili filologiyasiga maksimum 120 ta grant qabul qilinadi. Bundan kam bo‘lsa bo‘ladi, lekin oshib ketmaydi. Qolgan 680 ta kvota to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi.

Buni tushunib oldik, endi umumiy grant kvotasida qancha o‘rin qolayotganini ko‘ramiz. 1 580 - 120 = 1 460 ta.

Agar “Inyaz”dagi ingliz tili filologiyasiga 120 ta grant olinsa, unda Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi uchun 1 ming 460 ta grant o‘rni boshqa oliygohlarga hamda “Inyaz”ning boshqa yo‘nalishlariga (boshqa tillarga) ajratiladi.

Unutmang, Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi uchun ajratilgan jami 1 ming 580 ta davlat granti kvotasi faqat ingliz tili uchun emas, barcha tillar uchun berilgan. Bunda barcha tillar bo‘yicha testga kirgan abituriyentlar umumiy “qozonga solinadi” va eng yuqori ball olganlar davlat granti ulushi chegarasiga rioya qilgan holda grantga taqsimlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
👍7🏆43🍓2
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning.

Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
7🏆3👍2🍓1
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🏆1
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🏆6😢4👍1🔥1