CHIRCHIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI
965 subscribers
8.13K photos
2.08K videos
157 files
3.59K links
Chirchiq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy kanali
🌎chshxtb.uz
✉️[email protected]
Murojaat: @Abdulla_Qambarov
📞Tel: 0370-715-17-13
Ⓜ️anzil: Toshkent v, Chirchiq sh, 702100, O’lkashunoslik, 4-uy
Download Telegram
📅 “Dolzarb 90 kun” doirasida
📍 Chirchiq shahar 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun navbatdagi qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.

🚌 Hamkorlik asosida o‘quvchilar Chirchiq davlat pedagogika universitetining Tabiiy fanlar fakultetiga ekskursiya uyushtirishdi.

🏫 Tashrif davomida o‘quvchilar:
🔬 zamonaviy tajriba laboratoriyalari,
🧬 biologiya va kimyo fan xonalari,
🌿 turli fan ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishishdi.

♟️ Shuningdek, universitet hududida shashka va shaxmat bellashuvlari tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z bilim va mantiqiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📘 Ekskursiya davomida o‘quvchilarga ilmiy izlanishlar va fanlarni chuqur o‘rganishning foydalari haqida tushunchalar berildi.

🌟 Bu tashrif bolajonlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularni yangi maqsadlar sari undadi.

🎓🔍🧪📗🧬🌿♟️📷🏆
Bilim — yorqin kelajak kaliti!

#Dolzarb90Kun #Chirchiq1Maktab #FanVaTexnika #ShaxmatShashka #Hamkorlik #YozgiTadbirlar #IlmYoʻli
👍2
📅 18.07.2025-yil
📍 Chirchiq shahar 1-umumtaʼlim maktabi
🟦 "Dolzarb 90 kun" doirasidagi navbatdagi faol kun!

🔤 Ona tili to‘garak mashg‘ulotlari doirasida o‘quvchilar:
📖 sevimli she’rlarni ifodali o‘qishdi,
📝 badiiy asarlarni tahlil qilishdi,
🎭 ertak qahramonlari obrazlarini jonlantirib, kichik sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.
Bu faoliyatlar o‘quvchilarning nutq madaniyati, ifoda mahorati va ijodiy fikrlashini rivojlantirdi.

🏃‍♂️ Shu bilan birga, "Yoz – 2025" sport o‘yinlari ham o‘tkazildi.
Sport musobaqalari davomida o‘quvchilar:
🔸 yugurish
🔸 to‘p o‘yinlari
🔸 estafeta va boshqa jismoniy faollikni oshiruvchi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi.
Ular o‘z chaqqonligi, jamoaviyligi va sportga bo‘lgan mehrini yana bir bor namoyon qilishdi. 💪🏅

🎉 Bunday mazmunli, ijodiy va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi!

#Dolzarb90kun #OnaTiliTo‘garagi #Yoz2025 #SportFaolligi #Chirchiq1maktab #IjodVaHarakat
👍2
📅 26.07.2025-yil
📍 Chirchiq shahar 1-umumta’lim maktabi

Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida
🌍 Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan keng qamrovli Do‘stlik festivali tashkil etildi! 🇺🇿🤝🌏

🔹 Tadbir davomida mahalla faollari, ota-onalar, ustozlar va o‘quvchilar ishtirokida samimiy muhit yaratildi.
🔹
💬 Millatlararo totuvlik, ahillik, birdamlik va do‘stlik g‘oyalari targ‘ib qilindi.

👴👨🧒 "Uch avlod uchrashuvi" — do‘stona muloqot orqali hayotiy tajriba almashildi.

🔍 🏠 "Oila izla – top!" nomli interaktiv o‘yin orqali o‘quvchilar oilaviy qadriyatlar, birlik va o‘zaro hurmat haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

💖 Bu kabi tadbirlar yoshlarda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, insonparvarlik g‘oyalarini chuqur singdirishda muhim o‘rin egallaydi.

📸 Tadbirdan lavhalar quyida
#Do‘stlikBayrami #UchAvlod #MahallaHamkorligi #Chirchiq1Maktab #Dolzarb90kun #XalqlarDustligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3