Chinoz tumani hokimligi
2.67K subscribers
18.8K photos
2.25K videos
22 files
5.03K links
Chinoz тумани ҳокимлиги – ҳудудий давлат бошқарув органи.

Канал Chinoz тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати томонидан юритилади.
Савол ва мурожаатлар учун: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
#Chinoz_tumani
#Tuman_deputatlari

AHOLI MUROJAATLARI BOʻYICHA QABUL OʻTKAZILDI.


Bugun Chinoz tumani Xalq
deputatlari Kengashining 16-"Chorvador" okrugidan saylangan deputat Sadirov Abdumajid Abdulkasimovich, "Chorvador" mahalla fuqarolar yigʻinida "mahalla yettiligi" bilan aholi murojaatlarini oʻrganish va hal qilish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, qolganlari esa hal qilish uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga yoʻnaltirildi. Baʼzi murojaatlar boʻyicha fuqarolarga tegishli maslahatlar berildi. Qabul davomida kam taʼminlangan oilalar oʻrganilib, ularning xolidan xabar olindi.

Bu kabi sayyor qabullar, mahalla aholisining muammolarini oʻrganish va ijobiy hal qilish uchun muhim boʻlib, deputatlarning fuqarolar bilan oʻzaro hamkorliklarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Tuman_deputatlari

Chinoz tumani Xalq
deputatlari Kengashi deputati Elyorjon Saidov tomonidan tumandagi "Xoʻja" mahallasida oʻtkazilgan uchrashuvda fuqarolar bir nechta masalada murojaat qilishdi.

Deputat, mahalla raisi va tegishli masʼullar bilan birgalikda fuqarolar ishtirokida murojaatlarni joyida oʻrganish va hal qilish ishlari amalga oshirildi.


👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
#Chinoz_tumani
#Tuman_deputatlari

Deputat "Nafis" mahallasida uchrashuv oʻtkazdi.

Chinoz tumani Kengashi deputati Dadajonov Olimjon, oʻzi saylangan okrugidagi "Oydin" mahalla fuqarolari yigʻinida boʻlib, hududda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ushbu uchrashuvda deputat mahalla ahlini tinglab, ularning ehtiyojlari va muammolarini oʻrgandi. Deputat mahalladagi ijtimoiy sohalarda olib borilgan ishlarga ijobiy baho berdi va kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan tadbirlarni muhokama qildi.

👉BATAFSIL

Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|