Chinoz tumani hokimligi
2.83K subscribers
22.6K photos
2.74K videos
24 files
6.24K links
Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.

Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi.
Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Umumxalq_hashari #Hisobot

TOSHKENT VILOYATI MAHALLALARIDA 28-29-OKTABR KUNLARI UMUMXALQ HASHARI OʻTKAZILDI

Kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun Toshkent viloyati mahallalarida 28-29-oktabr kunlari  “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” va “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiorlari ostida umumxalq hashari boʻlib oʻtdi. Bu borada ishchi guruh shakllantirildi.

Hashar doirasida ko‘chat yarmarkalari tashkil qilinib, turarjoy mavzelari va mahallalarda iqlim sharoitiga mos daraxt ko‘chatlari ekildi. Aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodonlashtirildi.

Viloyat hokimining tegishli farmoyishiga koʻra, ikki kun mobaynida tashkil qilingan hasharda jami 1 025 ta mahallada obodonlashtirish tadbirlari olib borildi. Toshkent viloyati boʻyicha 9 282 gektar yer maydonida hashar qilinib, jarayonlarda 44 954 nafar tuman va shahar hamda boshqarma va tashkilotlar xodimlari, 367 414 nafar fuqarolar orasidan koʻngilli hasharchilar faollik koʻrsatdi.

Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida viloyat boʻylab 105 228 ta mevali va 175 162 ta manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Umumxalq hashari davomida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish hamda hududlarni chiqindilardan tozalash uchun zarur boʻladigan 1 266 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.

Hashar munosabati bilan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joy sharoitlari yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilib, "Obod xonadon" mezonlariga koʻra, ularning xonadoniga koʻchatlar yetkazildi, moddiy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Hisobot

Yil yakunlari bo'yicha
hisobot berildi

Chinoz tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i V.Mansurovaning 2024-yil davomida xotin-qizlar yo'nalishida olib borilgan ishlari yakuni va 2025-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar to'g'risidagi
hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Hisobot yig'ilishida Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, mahalla xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, shuningdek hamkor korxona va tashkilotlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti oʻtkazilib, faoliyatida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar tuman hokimi tomonidan taqdirlandi.


Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|