Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Avtomobil_yoʻllari_tarmogʻi
VILOYATDA AVTOMOBIL QATNOV YO‘LLARI RAVONLASHMOQDA
Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada yaxshilash, qatnov yo‘llarining texnik holati va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 13 655 kilometrni tashkil qilsa, shundan 4 045 km umumfoydalanuv yo‘llari, 358 km xalqaro, 1 354 km davlat hamda 2 333 km mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.
Ichki yo‘llar uzunligi 9 610 kilometrga teng. Viloyat hududidagi avtomobil va ichki yo‘llarda joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida barcha dasturlar bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borildi.
Jumladan, 1 509 085,4 million so‘m miqdordagi mablag‘lar hisobiga 1 608,3 kilometr uzunlikdagi yo‘llarda ta’mirlash doirasidagi tadbirlar amalga oshirildi.
Shuningdek, viloyat hududidagi 7 ta infratuzilmani rivojlantirish dasturi, 6 ta shahar ko‘chalari, 1 ta erkin iqtisodiy zona, 566 ta ta’mirlash ishlari dasturi borasidagi ishlar bajarilib, foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari, PQ-408-qaror ijrosi yuzasidan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 302 ta, PQ-5118-sonli qaror doirasida 176 ta, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ta obyektlar bitkazildi. Dasturdan tashqari 14 ta shag‘allashtirish ishlari olib borildi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM