#Chinoz_tumani
#Hisobot
Yil yakunlari bo'yicha hisobot berildi
Chinoz tumani hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i V.Mansurovaning 2024-yil davomida xotin-qizlar yo'nalishida olib borilgan ishlari yakuni va 2025-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar to'g'risidagi hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Hisobot yig'ilishida Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov, mahalla xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, shuningdek hamkor korxona va tashkilotlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti oʻtkazilib, faoliyatida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar tuman hokimi tomonidan taqdirlandi.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site |Facebook|Instagram|

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq
Q A R O R Q I L A M A N:
1. Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining
navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi 2024-yil 27-dekabr (juma) kuni soat 16:00 da Chinoz tumani hokimligi katta majlislar zaliga chaqirilsin.
2. Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining to‘rtinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
- Chinoz tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.
Tuman hokimi Sh.Salixov

#Qabul
Chinoz tumani Xalq qabulxonasi binosida aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o’rganish hamda hal qilish maqsadida qabul o‘tkazildi.
♻️Qabulda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov, Xalq qabulxonasi mudiri G.Karabayev, Оila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hokim oʻrinbosari V.Mansurova hamda tumandagi mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolarning, uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz, suv ta'minoti, murakkab jarrohlik amaliyoti hamda sog‘liqni tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiy yordam, aliment undirish va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardagi muammolarini bartaraf etish yo'llari izlandi.
✅ Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lib, qolgan murojaatlar ijobiy hal etish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga biriktirildi hamda murojaatlarning ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi.
Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati.
|Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chinoz_tumani
#Shukuh
🎄Chinoz tumani hokimligi toʻgʻrisida joylashgan maydonda oʻrnatilgan Yangi yil archasi atrofida, tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari bolajonlar va ularning ota-onalariga manzur bo‘lib, ularga yorqin va xush kayfiyat ulashildi.
❄️Ushbu tadbirda bolalar uchun turli xil qiziqarli dasturlar, musiqa va teatrlashtirilgan chiqishlar taqdim etildi.

#Ayollar_daftari
📌Chinoz tumanida oʻtkazilgan yigʻilishda ayollarning huquqlari va imkoniyatlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan "Ayollar daftari"ning 6-bosqichini tashkil etish masalasi muhokama qilingan.
✨Yigʻilishda mahalla yettiliklari va sektor kotiblari hamda toifalar boʻyicha mutasaddi tashkilotlar ishtirok etishdi.
✨Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 833-sonli qarori va 6-sonli bayoniga asosan ayollar daftari bilan bogʻliq qator muhim topshiriqlar berildi.
✅Maqsad ayollarning ijtimoiy holatini yaxshilash va ularga kerakli yordam koʻrsatishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir.